Линклар

logo-print

Moskva sudi 2 yil oldin O‘zbeksiton vatandoshi Aleksandr Lini shavqatsiz kaltaklab, nogironga aylantirib qo‘ygan “Restrukt” neonatsistlar harakati a’zolaridan biri Andrey Makarovni 6 yillik qamoq jazosiga hukm etdi. Sud qaroridan norozi bo‘lgan Moskvadagi “Grajdanskoe sodeystvie” tashkiloti, Aleksandr Li ishi qayta ko‘rib chiqilishini talab etib, appelyatsiya arizasi kiritishini ma’lum etdi. “Grajdanskoe sodeystvie” tashkilotiga ko‘ra, Moskva sudi jinoyatning milliy nizo asosida sodir etilganini nazarga olmagan.

Moskvaning Babushkin sudi “Restrukt” nomli neonatsistlar harakati a’zolaridan biri Andrey Makarovni bezorilik, bosqinchilik va qasddan jarohat yetkazishda aybdor, deb topdi va 6 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Sudda jabrlangan tomon O‘zbekiston vatandoshi Aleksandr Li vakili sifatida qatnashgan “Grajdanskoe sodeystvie” tashkilotiga ko‘ra, mahkama ayblanuvchiga nihoyatda engil jazo belgilagan.

Mahkamada qatashgan “Grajdanskoe sodeystvie” tashkiloti eksperti Marina Leksinaning Ozodlikka aytishicha, Aleksandr Li advokati mahkama ishini qayta ko‘rib chiqilishini talab etib, appelyatsiya arizasi kiritgan.

- Aleksandr Liga hujum qilganlardan biri Andrey Makarov, oldingi sud jarayonida milliy nafrat asosida hujum qilganini ochiq-oydin tan olgan edi. Oxirgi sud majlisida esa Makarov kutilmaganda oldin aytgan so‘zidan qaytdi, ya’ni O‘zbekiston vatandoshini milliy nafrat asosida kaltaklaganini inkor etdi. Sud ushbu jinoyatning milliy nizo asosida sodir etilganini e’tiborsiz qoldirdi. Aleksandr Li millatchilar hujumi oqibatida bir umr nogiron bo‘lib qoldi. Biz ayblanuvchiga nisbatan yengil jazo berilganidan norozi ,-dedi Marina Leksina.

Aleksanlr Li 2014 yil millatchilar hujumi oqibatida ikki oyog‘i qattiq jarohat olgan, bir oyog‘iga protez o‘rnatilgan.

Bundan tashqari “Restrukt” guruhi a’zolari Ozarbayjon vatandoshi Zaur Alishevni ham o‘ldirganlikda ayblanmoqda. 2014 yilning iyun oyida rus millatchilar hujumidan qattiq jarohat olgan ozarbayjonlik yigit, keyinchalik shifoxonada jon berdi.

Hozirda Moskvaning Babushkin sudi Tesak laqabli neonatsist Maksim Martsinkevich rahbarlik “Restrukt” harakatining 9 a’zosi ustidan mahkama ishini davom ettirmoqda.

Ayni damda Moskvadagi Inson huquqlari bo‘yicha byuro tashkiloti e’lon etgan so‘ngi raqamlar bo‘yich 2016 yilning oktabr oyi davomida Rossiyada rus millatchilari hujumidan ikki inson halok bo‘lgan va kamida besh kishi kaltaklangan.

XS
SM
MD
LG