Линклар

Qirg‘izistonda 24 oktabrda parlamentdagi hukumron koalitsiya tarqatilishi ortidan iste’foga chiqqan qirg‘iz hukumati qayta shakllantirilib, 17 noyabrda vazirlar qasamyod berdilar. Qirg‘iz parlamenti bosh vazirlikka qayta So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovni sayladi, hukumat tarkibidagi ayrim vazirlargina o‘zgartirildi. Jumladan, Atambaevning tan soqchisi Ichki ishlar vaziri lavozimiga saylandi.

Yangi hukumat tarkibida qoldirilgan Qirg‘iziston favqulodda holatlar vaziri Kubatbek Bo‘ro‘nov 17 noyabr kuni yettinchi mata parlamentda qasamyod berdi. U so‘nggi o‘n yil ichida etti marta vazirlikka saylangan. Bo‘ro‘nov qasamyod beraverib, charchaganini aytdi:

- Yettinchi marta qasamyod berayapman. Qasamyod matnini ham yodlab olganman. Lekin har safar hayajonlanaman. Vazirlikka qayta saylanayotganlar armiyadagi kabi bir marta qasamyod bersa bo‘lmasmikin? Vazirlik lavozimida qolgandan keyin har safar yangi qasamyod berish shartmi, -dedi Bo‘ro‘nov.

Qirg‘izistonda so‘nggi 25 yil ichida 29 marta hukumat almashdi. 28-bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Qirg‘izistonning 29-hukumat rahbari sifatida qayta saylandi.

Yangi hukumatga eski hukumat tarkibidagi deyarli barcha vazirlar qayta a’zo bo‘ldi. Parlament faqat bir necha vazirnigina almashtirdi. Masalan, Nurbek Murashev deputat bo‘lib turgan paytida shifokorlarni kaltaklab, katta janjalning qahramoniga aylangan edi. Shundan so‘ng “Musht ketdi” degan laqabga sazovor bo‘lgan deputat yangi hukumat tarkibida Qishloq xo‘jalik vazirligini boshqaradi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning tan soqchisi esa Ichki ishlar vaziri lavozimiga saylandi. Bu tayinlovga deputatlarning bir qismi norozilik bildirgan edi. Chunki militsiyani isloh qiladi, degan bahona bilan vazirlikka saylangan Ulan Israilov deputatlarning oddiygina savollariga ham javob bera olmagan. Masalan, u “Qirg‘izistonda nechta Ichki ishlar boshqarmasi bor”, degan savolga ham javob bera olmagani deputatlarda norozilik paydo qilgan edi..

Israilov jurnalistlarning “Militsiyani qanday isloh kilmoqchisiz?” degan savoliga mana bunday javob berdi:

-Militsiyaga ishonch qolmadi, degan gaplarga qo‘shilmayman.Xalq militsiyaga ishongani uchun murojaat qilayapti-da. Endi bu yog‘ini ishlasak ko‘ramiz-da, -dedi Ulan Israilov.

Mahalliy tahlilchi Azamat Atto‘qurov yangi hukumat tarkibidan hech qanday siljishlarni kutmasligini aytdi. Unga ko‘ra, bugungi hukumat faqat prezidentning shaxsiy ishonchini qozongan odamlardangina iborat bo‘lib, ularning orasida chinakkam professionallar ozchilikni tashkil qiladi.

-Hukukmat a’zolarining barchasi prezidentningodamlari.Prezident faqat o‘shalarga ishonadi. Hukumat lavozimiga tayinlanish uchun prezidentning ishonchini qozonish lozim bo‘lib qoldi. Professionalizm esa ikkinchi planga o‘tib qoldi. Tanish - bilishlar va yaqinlarinigina davlat lavozimlarga tayinlash siyosati yaxshilikka olib kelmaydi, -dedi tahlilchi.

Qirg‘izistonda 24 oktabrda parlamentdagi hukumron koalitsiya tarqatilishi ortidan 28-hukumat iste’foga chiqqan edi. Shundan so‘ng ikki hafta davomida yangi hukumron koalitsiya tashkil etidi va yangi hukumat saylandi.

XS
SM
MD
LG