Линклар

logo-print

Rossiya hukumati 2017 yilda vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP yoki Razreshenie na vremennoe projivanie.-tahr.) uchun kvota miqdorini o‘tgan yilga qaraganda 12 foizga qisqartirdi. Bu haqda Rossiya hukumati vazirlar kabineti rasmiy saytida e’lon qilindi. Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olgan chet ellik ishlash ruxsatnomasi (patent) to‘lovidan ozod etiladi va Rossiya vatandoshligini olish uchun imtiyozga ega bo‘ladi.

Rossiya hukumati qarori bo‘yicha 2017 yilda mamlakat hududida yashayotgan chet ellik hamda vatandoshlikka ega bo‘lmagan shaxslarning vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) olishlari uchun 110 880 ta kvota ajratiladi.

2016 yilda ushbu kvota miqdori 125 900 tani tashkil etgan.

Hukumat belgilagan ushbu kvota, Rossiya viloyat va o‘lkalariga taqsimlanadi. Eng ko‘p Moskva viloyatiga (8000) eng kami esa Perm viloyatiga (1000) ajratilgan.

Hukumat rasmiylariga ko‘ra kvota tartibi Rossiyada migratsiya jarayonini tartibga solishga qaratilgan.

Ozodlik suhbatlashgan Rossiyadagi “Muhojir Mehnatkashlar Kasaba Uyushmasi” raisi Rinat Karimovning fikricha, ajratilgan kvota miqdori mehnat muhojirlari eng ko‘p kelayotgan o‘lkan Rossiya uchun nihoyatda kamdir.

-Mehnat muhojirlari uchun Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish juda muhim hujjatdir. Bu Rossiya vatandoshligini olish yo‘lidagi birinchi qadam sanaladi. Juda ko‘p muhojirlar, jumladan o‘zbekistonliklar ham vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi olishni xohlashadi. Bu muhojirlarni Rossiyada qonuniy yashashlari va yaxshi ish topishlari uchun engillik yaratadi. Afsus, 2017 yilga belgilangan kvota miqdorining qisqartirilgani, muhojirlar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini qo‘lga kiritishni yanada qiyinlashtiradi, dedi Rinat Karimov.

Kuzatuvchilar fikrlaricha to shu paytgacha kam sanalgan kvota miqdorining qisqartirilgani, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish jarayonini qiyinlashtiradi va ushbu sohadagi porahurlik ko‘lamini oshiradi.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim o‘zbekistonlik muhojirlar fikricha Moskva viloyatida vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini olish uchun o‘rtakash shirkatlar 150 mingdan- 250 ming rubl ($3800) so‘rashadi.

XS
SM
MD
LG