Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:27

Aleksey Volosevich: Jamshid Karimov prezident amakisining o‘limidan xabarsiz...


49 yoshli Jamshid Karimov O‘zbekistonning sentabr oyi boshida vafot etgan prezidenti Islom Karimovning jiyanidir.
49 yoshli Jamshid Karimov O‘zbekistonning sentabr oyi boshida vafot etgan prezidenti Islom Karimovning jiyanidir.

O‘zbekistonning marhum prezidenti jiyani, 2012 yildan buyon qaerdaligi noma’lum qolayotgan mustaqil jurnalist Jamshid Karimov hanuz Samarqanddagi ruhiy kasallar shifoxonasidadir. Toshkentdan mustaqil jurnalist, Asia-Terra sayti muxarriri Aleksey Volosevich Ozodlik bilan suhbatda Jamshid Karimovning 19 yoshli Yevgeniya ismli qizi bilan uchrashgani va jizzaxlik mustaqil jurnalistning taqdirini undan o‘rganganini aytdi.

- Men uni qizi bilan uchrashdim. Uni ismi Yevgeniya, ya’ni Jenya. U oyda bir, gohida ikki oyda bir marta otasini ko‘rgani borib turar ekan. Uni aytishicha, Jamshid Karimovni Samarqanddagi xalq orasida “Super” deb ataluvchi ruhiy kasallar shifoxonasida, temir panjarali xonada ushlab turishibdi. 2012 yildan buyon shu shifoxonada ekan. Jenyaning aytishicha, to‘rt yil avval Jamshidni MXXga “suhbat”ga chaqirishgan. U yerga borganida to‘rt kishi ko‘chada uni kaltaklagan, tishini sindirishgan, mashinaga bosib ruxiy kasallar shifoxonasiga olib ketishgan. O‘shandan beri u shu shifoxonada, - deydi Volosevich.

49 yoshli Jamshid Karimov O‘zbekistonning sentabr oyi boshida vafot etgan prezidenti Islom Karimovning jiyanidir.

Lekin, Aleksey Volosevichning aytishicha, Jamshid Karimov prezident amakisining o‘lganidan xabarsiz.

- Jamshid Karimovning qizi otasini so‘nggi bor ko‘rgani borganida unga militsionerlar Islom Karimovning o‘lganini aytishni taqiqlashgan. Uni otasi bilan har bir uchrashuvi militsiya va shifoxona xodimlari nazoratida bo‘lar ekan. Ya’ni butun mamlakat Karimovni o‘lganini biladi, lekin Jamshid bundan xabarsiz. Avval amakisining hozir esa muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev hamda MXX boshlig‘i Rustam Inoyatovning asiri ekanini Jamshid bilmaydi, - deydi Volosevich.

Jamshid Karimov birinchi marta 2005 yil sentabrida hibsga olingan va keyinroq mahkama unga nisbatan majburiy ruhiy muolaja tayinlash haqida qaror chiqargandi.

2012 yilda Jamshid Karimov ozodlikka chiqqach, ikki oy o‘tib yana jamoatchilik ko‘z o‘ngidan g‘oyib bo‘ldi.

O‘zbekiston rasmiylari Jamshid Karimovning mahkum etilishi va undan keyingi taqdiri borasida hozirga qadar hech qanday ma’lumot bermay keladi.

- Qizini aytishicha Jamshid Karimov kichrayib qolgan, bukilib yuradi. Jamshidni oshqazon kasali bor, muntazam parxez lozim, shifoxonada buni imkoni yo‘q ekan. Lekin qizini aytishicha otasi ruxan sog‘lom ko‘rinadi, - deydi Aleksey Volosevich.

Jamshid Karimov 2000-chi yillarda Buyuk Britaniyaning Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR), “Arena” va “Uznews.net”veb saytlari bilan hamkorlik qilib kelgan jurnalistdir.

Hibsga olinishidan avval Jamshid Karimov internetda mahalliy va markaziy hokimiyat idoralarini tanqid qiluvchi qator maqolalar e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG