Линклар

“Qandim neftni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlaymiz. Ikki oydan beri oylik berishmayapti. Dardimizni kimga aytishni bilmayapmiz...” Ozodlikka yetib kelgan shu qisqagina maktub muallifi bilan OzodMikrofon eshittirishi bog‘landi.

Suhbatdan bu mavzu joriy oy boshida ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi. 2 noyabrь kuni Ozodlikning SizdanTelegram rukni ostida e’lon qilingan xat mana bunday boshlangan edi:

"Biz Buxoroning Qandim zavodida ishlaymiz. Oktyabr oyining 15-chi sanasigacha oylik maosh berishlari kerak edi. Mana yana oyning yarmi o‘tib bo‘lgan bo‘lsada, biroq hali oylik maosh olganimiz yo‘q. Qachon oylik maosh berilishidan hech bir darak ham bo‘lmayapti. Mas’ul shaxslarga murojaat qilsak, "pul yo‘q" deb bahona qilmoqda”.

Bu xat e’lon qilinganiga 18 kun bo‘ldi va ismi sir qolishi sharti bilan OzodMikrofonga shikoyat qilgan ishchining aytishicha, ahvol mutlaqo o‘zgarmagan: hanuzgacha zavod qurilishi ma’muriyati ishchilardan qarzini uzgani yo‘q.

E’tiboringizga ishchining aytganlarini OzodMikrofon formatida, ya’ni qo‘shimcha o‘rganmay havola qilayapmiz. Zavod qurilishi rahbariyati uchun Ozodlik mikrofonlari doim ochiq.

XS
SM
MD
LG