Линклар

Turkiya hukumati zo‘rlashni avf qiluvchi qonun loyihasini qaytarib oldi


Qonun loyihasiga qarshilar bir necha kun davomida mamlakat bo‘ylab norozilik chiqishlari uyushtirdi.

Qonun loyihasiga qarshilar bir necha kun davomida mamlakat bo‘ylab norozilik chiqishlari uyushtirdi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlarni avf qilishga oid qonun loyihasini parlament so‘nggi marta ovozga qo‘yishdan oldin qaytarib oldi. Mazkur qonun loyihasi xalqaro maydonda ham keskin tanqidga uchradi.

Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi taqdim etgan voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan erkakni qizga uylangan taqdirda avf etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi parlamentda so‘nggi bor ovozga qo‘yilish arafasida qaytarib olindi.

22 noyabr kuni munozarali qonun loyihasi qaytarib olinganini e’lon qilgan Bosh vazir Binali Yildirim¸ uning bu masalada murosa topish¸ muxolif partiyalarga o‘z takliflarini ishlab chiqishga vaqt berish uchun ortga yuborilganini ta’kidladi.

Qonun loyihasining payshanba kuni hukmron partiya deputatlari ko‘pchilikni tashkil etgan parlament tomonidan qabul qilinishi kutilaëtgan edi. Bunday ehtimol oldidan Turkiyaning turli shaharlari¸ xususan¸ Istanbulda minglab odam ko‘chalarga chiqib¸ loyihani qaytarib olish talabi bilan norozilik yurishlari o‘tkazdi. Aksariyati xotin-qizlar bo‘lgan namoyishchilar “Ovozimizni o‘chirmaymiz! Bo‘ysunmaymiz! Zo‘rlashmo qonuniylashtirish mumkin emas! Bu loyihani darhol qaytib oling!” degan shiorlar bilan hukmron partiya hozirlagan qonunga o‘z keskin noroziligini ifoda qildi.

Loyiha muxoliflari bu qonun loyihasi voyaga yetmaganlarni zo‘rlashni qonuniylashtirish va bola-kelinlar ko‘payishiga yo‘l ochishini aytmoqda.

BMT agentliklari bu loyiha jinsiy tajovuz va bolalar nikohiga qarshi kurashga jiddiy ziyon yetkizajagini ta’kidlab¸Turkiya hukumatini uni tasdiqlamaslikka chaqirib keldi.

Qonun loyihasini himoya qilishga uringan hukumat rasmiylari esa¸ undan maqsad voyaga yetmagan qizni zo‘rlagandan so‘ng qizning o‘zi¸ yoki oilasi roziligi bilan unga uylangan erkaklarni qamoqdan ozod qilish ekanini aytmoqda.

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra¸ qizlarning erga tegish yoshi 18 deb belgilanganiga qaramay¸ voyaga yetmaganlarni erga berish mamlakatning chekka mintaqalarida keng tarqalgan amaliëtdir.

Qonun loyihasi parlament muhokamasiga qo‘yilganidan so‘ng partiyalararo keskin munozaraga sabab bo‘ldi.

Loyihani ishlab chiqqan hukmron partiya deputatlari¸ uning zo‘rlash va jinsiy tajovuz jinoyatiga qo‘l urganlarni oqlash emas¸ balki voyaga yetmagan qizga uning o‘zi va oilasi roziligi bilan uylanganlarni jazodan ozod qilishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

G‘arb matbuotiga ko‘ra¸ prezident Erdo‘g‘onning xotini ham qonun loyihasi muxoliflari safiga qo‘shilgach¸ u qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib olingan.

G‘arb matbuotiga ko‘ra¸ prezident Erdo‘g‘onning xotini ham qonun loyihasi muxoliflari safiga qo‘shilgach¸ u qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib olingan.

Muxoliflar esa¸ oilada erkaklar irodasi hukmron bo‘lgan Turkiyada voyaga yetmagan qizning o‘zini zo‘rlagan odamga erga tegmayman deyishga botina olmasligi va shu bois¸ amalda bu qonun zo‘rlash va voyaga yetmagan qizga uylanishni rag‘batlantirishini aytmoqda.

Ammo odatda hukumatga ën bosib kelgan¸ an’anaviy qadriyatlar qo‘riqchisi bo‘lgan xotin-qizlar¸ xususan¸ prezident Erdo‘g‘onning xotini bu qonunga qarshi chiqqanidan so‘ng¸ u mag‘lubiyatga mahkum etildi.

Bu qonun loyihasi tanqidchilari voyaga yetmagan qizlarni erga berish muammosining yechimi qizlarga teng imkon¸ xususan¸ o‘qish va ishlash imkonini berish ekanini aytmoqda.

Muxoliflar¸ farzandsiz ayollarni “nuqsonli” deb atagan Erdo‘g‘onning islomchi partiyasini dunyoviy Turkiyada xotin-qizlarni mutelikka da’vat qilayotganlikda ham ayblamoqda.

Bunday rag‘bat¸ statistik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha¸ xotin-qizlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlikning keskin ko‘payishiga asos bo‘lgan. Xususan¸ 2003-2010 yillarda xotin-qizlarga qarshi qotillik 1400 foizga ko‘paygan.

Turkiya sobiq prezidentining xotini Emine turmushga chiqqanida¸ 15 ëshda bo‘lgan.

Turkiya sobiq prezidentining xotini Emine turmushga chiqqanida¸ 15 ëshda bo‘lgan.

Turkiya Adliya vazirligi keltirgan ma’lumotga ko‘ra¸ 2002 yildan beri Turkiyada 18 ga to‘lmay farzandlik bo‘lgan qizlar soni 440,000 ni¸ 15 yoshga to‘lmay turib tuqqanlar soni esa¸ 15,937 nafarni tashkil etgan.

Keyingi 10 yil davomida voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy tajovuz uch baravarga oshgan va 438,000 voyaga etmagan qiz erga tegishga majbur bo‘lgan.

Turkiyada voyaga yetmagan qizlarni erga berish amaliyoti keng tarqalganini¸ mamlakat sobiq prezidenti Abdulloh Gul taqdirida ham ko‘rish mumkin - Gul 30 yoshida 15 yashar qizga uylangan.

XS
SM
MD
LG