Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:24

O‘quvchilar uchun daftarda Beruniy Ibn Sinoga aylanib Navoiy yoshini yashadi


Beruniy rasmini qo‘yib Abu Ali ibn Sino deb yozilgan daftar
Beruniy rasmini qo‘yib Abu Ali ibn Sino deb yozilgan daftar

Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy universitet foyesidagi do‘konda sotilayotgan 12 varaqli daftar muqovasiga Beruniyning tasviri tushirilgan bo‘lib¸ ostiga Abu Ali Ibn Sino deb yozilgan.

Muqovadagi hatoni ko‘rib Ozodlikka habar qilgan Universitetning filologoya fakultetida o‘qiydigan Jamshidning aytishicha¸ daftar universitet foyesida bir haftadan beri sotilmoqda:

- Mamlakatning eng katta o‘quv dargohida sotilayotgan daftar varag‘i ustida bir emas uchta hato bor. Muqovadagi surat ostiga Abu Ali ibn Sino deb yozilgan. Aslida esa suratda Abu Rayhon Beruniy tasvirlangan. Keyin rasm ostiga ibn Sino yashab o‘tgan yillar 1441-1501 deb berilgan. Zotan Abu Ali ibn Sino 980-1037 yillarda yashab o‘tgan. Uchinchi hato esa lotin yozuvida yozilgan Ibn Sino so‘zidagi b xarfi lotincha emas kirilcha yozililgan¸ deydi suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ surat Abu Rayhon Beruniyniki, daftar muqovasida keltirilgan ism – Abu Ali ibn Sino. Yashab o‘tgan yillar esa na Beruniyga va na ibn Sinoga tegishli.

- 1441-1501 yillarda esa ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy yashagan. Ammo nega Navoiyga oid bu raqamlar adashib qolganiga hayronman¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ chorshanba kuni Milliy universitetning ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektori “hatoli daftar” voqeasidan habar topib do‘konchiga ustida imlo hatosi bor bu daftarlarni sotmaslikni buyurgan.

Universitetdagi Ozodlik manbalariga ko‘ra do‘konning bevosita universitet rahbariga bo‘ysunmasligi ma’lum bo‘ldi:

- Do‘kon ijaraga olingan. Ijara shartnomasida do‘konchining assortimentiga universitet rahbariyatinig aralashuvi ko‘zda tutilmagan. Lekin do‘konchi murosa qilib daftarlarni sotuvdan oldi. Do‘konchi bu daftarlarni “Sharq” nashriyotiga qarashli skladdan olgan ekan. Daftarning ortida ham “Sharq” nashriyotida chop qilingan degan yozuv bor¸ deydi manba.

Ozodlikning “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasidagi manbasi bu daftarning ayni nashriyotda chop qilinganligini tasdiqladi:

- Nashriyot redaktorlaridan hato o‘tgan. Asli bu texnik hato. Rahbariyat hato muqovali daftar voqeasidan xabardor. Sizdan boshqalar ham e’tiroz bildirdi. Hozir omborlarni tekshirib ko‘ryapmiz. Sotilmay qolgan daftarlar bo‘lsa qayta muqovalashga jo‘natamiz¸ deydi manba.

Shu o‘rinda manba maktab uchun daftar kitoblar umuman “Sharq” nashriyotida bosilishini va ba’zi bir shirkatlar o‘z yashirin sexlarida ham daftar tikib sotayotganiga e’tibor qaratdi.

- Darsliklar¸ kundalik va sinf daftarlari chiqarish bilan bizdan boshqalar ham shug‘ullanishadi. Ular bizni grifni o‘z maxsulotiga bezbetlarcha qo‘yib qo‘yishadi. Siz aytgan daftarni shunaqa sexlarda tikilgani extimoli bor. Albatta tekshiramiz¸ deydi manba.

Taniqli noshir¸ akademik Anvarmirzo Husainovning Ozodlikka aytishicha¸ bundan oldin maktab daftarlari ustiga reklamalar joylangani va kinoyulduzlari tasviri tushirilgani tanqid qilingani ortidan daftar muqovalariga allomalar tasviri tushirish amaliyoti boshlangan:

- Endi buni texnik tushunmovchilik deb qo‘ya qolaylik. Bu tarzdagi savodsizlik millatimiz uchun uyat. Lekin to‘g‘irlasa bo‘ladigan hato. Bu hato yana bir marta bizga mutafakkirlarimizni el tanishi va tanigandayam tug‘ilgan va o‘lgan yili haqida aniq ma’lumotga ega ekanligini ko‘rsatdi. Elimiz beparvo emasligidan mamnunman¸ deydi noshir.

Ozodlik bu daftar rasmini ijtimoiy tarmoq muhokamasiga olib chiqqanida hato topuvchilar soni o‘nlab ekani aën bo‘ldi.

Daftar muqovasiga mutafakkirlar rasmi va ulardan iqtibos qo‘yish sovet davrida ham mavjud edi.

XS
SM
MD
LG