Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:02

Mavrikiydagi namanganlik chevar: Prezidentlarning xotini ham mendek baxtli bo‘lmasa kerak!


Ozodlikka bog‘langan namanganlik chevar Xadichaxon to‘rt yildan beri Hind okeanidagi Mavrikiy orol davlatida yashaydi. Mavrikiylik qassobga turmushga chiqqan o‘zbek ayoli dunyoning eng ko‘rkam orollaridan birida “pichog‘i moy ustida”¸ keng uyning erkin sohibasi bo‘lib yashayotganiga qaramay¸ “har gal O‘zbekistondan qaytayotib¸ ko‘zi emas¸ yuragi yig‘lashini” aytadi.

40 yashar Xadichaxon bilan suhbatdan¸ SSSR qulab¸ jahon siyosiy xaritasida O‘zbekiston deb nomlangan mustaqil davlat paydo bo‘lganidan 25 yil o‘tib¸ yer yuzida o‘zbekistonliklar qadami etmagan joy qolmadi¸ degan xulosaga kelmaslik qiyin.

Xadichaxon bilan suhbatdan keyin o‘tkazilgan qisqa qidiruvdan¸ Mavrikiy orolining 10 asrda arablar tomonidan kashf etilgani¸ asrlar davomida oppoq qum sohillari bilan o‘ralgan bu orolning Portugaliya¸ Hollandiya¸ Fransiya va Britaniya kolonial kuchlari o‘rtasida talash bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Yer sathi bor-yo‘g‘i 1865 kvadrat kilometr bo‘lgan bu orol davlatda bir milliondan sal ko‘proq aholi yashaydi va ular orasida¸ suhbatdan ayon bo‘lishicha¸ kamida ikki o‘zbek – Xadichaxon va uning o‘g‘li ham bor.

Mavrikiylik Xadichaxon bilan suhbat.

Маврикийдан қўним топган Хадичахон билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG