Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:45

BMT: O‘zbekiston har yili 1,6 milliard dollar zarar ko‘rmoqda


BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti yoyinlagan yangi hisobotida O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida qator yutuqlarga erishganini, biroq mamlakatda yerdan samarali foydalanish mexanizmi mavjud emasligi ortidan yil sayin milliardlab dollar zarar ko‘rilayotganini qayd etdi. Quyida mazkur hisobotning O‘zbekistonga oid qismining qisqacha mazmuni bilan tanisha olasiz.

O‘zbekistonda 4 million gektardan ko‘proq yerga ekin ekiladi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti “Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida yer zahiralari hamda oziq-ovqat xavfsizligi”, deb nomlangan hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekistonda er zahiralaridan unumli foydalanilmayotgani ortidan har yili o‘rtacha 1 milliard 600 ming dollar zarar ko‘rilmoqda.

Hisobotda aytilishicha, O‘zbekiston mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan davlatdir.

O‘zbekistonda aholining 60 foizi qishloqlarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotning 28 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda ekin ekiladigan 4 million gektardan ortiqroq yer bor. Bu yerning 87 foizi sug‘oriladigan maydonlardir”, deyiladi hisobotda.

"G‘alla mustaqilligi"ga erisha olmagan O‘zbekiston

BMT ekspertlari O‘zbekistonda “g‘alla mustaqilligi” siyosati olib borilganini noto‘g‘ri qadam sifatida baholaganlar.

“Bu variantning foydasiz ekanini hisoblab chiqish uchun yaxshi iqtisodchi bo‘lish shart emas. Negaki, bozorda paxta narxi g‘alla narxidan besh barobarga qimmatroqdir, g‘allaning hosildorligi esa paxta hosildorligidan 2 marotaba ko‘proqdir. Albatta, hosilni yetishtirish uchun sarflanadigan harajatda farqlar bor, lekin har qanday holatda ham sug‘oriladigan yerlarda g‘alla yetishtirish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi”, deyiladi hisobotda.

Mualliflarning ta’kildashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 1 million gektar sug‘oriladigan yerda g‘alla etishtiriladi. G‘alla hosildorligi gektariga 45-47 sentnerni tashkil qiladi.

"G‘alla hosili 6 million tonnadan oshib ketdi. Bu g‘alla mustaqilligi uchun yetarli miqdordir. Biroq g‘alla mustaqilligiga erishilmadi. Chunki sug‘oriladigan yerda yetishtiriladigan bug‘doyning sifati tandir non yopiladigan un tayyorlashga imkon bermaydi. Shuning uchun mamlakatda g‘alla yetarli bo‘lsa ham, xorijdan bunga qo‘shimcha ravishda 1 million tonna bug‘doy uni sotib olishga majbur bo‘linmoqda”, deyiladi hisobotda.

O‘zbekistonda 2 million gektar yer erroziyaga uchragan

BMT mutaxasislariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda sho‘rlangan yerlar miqdori umumiy ekin maydonlarining 67 foizini, o‘ta sho‘rlashgan yerlar 11 foizini tashkil qiladi. 2 million gektar yer eroziyaga uchragan. 245 ming gektar yer esa hosildorligini yo‘qotgan. Buning natijasida 1960 yillarda bir gektar yerdan o‘rtacha 29,5 sentner paxta olingan bo‘lsa, 1991 yilga kelib hosildorlik 25,7 sentnerni tashkil qilgan.

Yer degradatsiyasidan har yili 252 million dollar, yaylovlardan 91 million dollar, suvdan unumli foydalanmaslik oqibatida 118,5 million dollar zarar ko‘rilmoqda.

Yerlar infrastrukturasini reabilitatsiyalash uchun 31 milliard dollar kerak bo‘ladi

Hisobot mualliflari Jahon banki ma’lumotiga tayangan holda yer degradatsiyasi masshatblarining kengayib borayotgani qishloq xo‘jaligi va aholi farovonligiga tahdid solayotganini ta’kidlagan. Jahon Banki va Global ekologiya fondi hisob kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonda yerlarni, irrigatsiya va drenaj infrastrukturasini reabilitatsiya qilish uchun 23 milliarddan 31 milliard dollargacha mablag‘ talab qilinadi.

Ayni paytda hisobot mualliflari O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda yutuqlarga erishilayotganini ham bildirgan. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashulotlarini etishtirish yil sayin aholi soni o‘sishiga nisbatan 1,5 foizga ko‘proq bo‘lmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada Tojikiston va Turkmanistondan keyingi uchinchi o‘rinni egallamoqda.

So‘nggi 15 yil ichida O‘zbekistonda etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi ko‘payib, chetdan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish kamaygan. Masalan, bug‘doy yetishtirish 17 foizdan 85,3 foizga, kartoshke yetishtirish 55 foizdan 98 foizga, go‘sht 88,8 foizdan 98,4 foizga, savbazovt yetishtirish 120 foizga, meva yetishtirish 142 foizga ko‘paygan.

XS
SM
MD
LG