Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:00

O‘zbek muhojiri- “Bolalarimni sud onasidan ayirmaganda edi 4 yashar bolam, balkim tirik qolardi”


O‘zbek muhojiri- “Bolalarimni sud onasidan ayirmaganda edi 4 yashar bolam, balkim tirik qolardi”

O‘zbekistonlik 28 yashar Xolisa Masharipova, eri Baxrom Ismoilov va 2 farzandi bilan Rossiyaning Tver shahri deportatsiya markazida 5 oydandan buyon ushlab turilmoqda. Shu yilning yozida 3 nafar bog‘cha yoshidagi bolalari birgasiga bo‘lganiga qaramasdan Tverь sudi Xolisani migratsiya qonunlarini buzganlikda aybdor etib, bolalarisiz deportatsiya markaziga qoldirishga qaror qildi. Oradan bir hafta o‘tar o‘tmas, kasal otasi bilan qolgan bolalarning biri – 4 yashar Anoroy kech tunda elektr toki urishi oqibatida kasalxonada jon berdi.

35 yashar andijonlik Bahrom Ismoilov fojeadan bir necha kun oldin, oshqozon yarasi yorilib ketib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazgani va xotin bolalari qiynalayotgani sabab muhlatdan oldin shifoxonadan uyga qaytgan.

Xolisa, bemor erini uch bolasi bilan qoldirib, yegulik keltirish uchun ko‘chaga chiqqanida, politsiya xodimlari uni to‘xtatib, hujjati bo‘lmagani sababli, politsiya idorasiga, keyinchalik sudga keltirishadi.

-Politsiya xodimlari itni sudragandek meni sudrab mashinaga tiqishdi. Men politsiyachilarga “meni bolalarim juda kichik uyda meni kutishyapti, qo‘yib yuboring” deb yolvordim. Uyga qo‘g‘iroq qilishga ham qo‘yishmadi. Bir kun politsiya bo‘limida qamab qo‘yishdi, ertasiga sudga olib borishdi. Sudga bolalarimni keltirishgan edi. Men hakamga “bolalarim bilan bo‘lsa, mayli deportatsiyaga qiling, bolalarimsiz rozi emasman” deb aytdim. “Ering jarohlikdan tirik qolibdi, qaraydi” deb bolalarimni berishmadi. O‘shanda men oxirgi marotiba katta qizimni ko‘rdim,-dedi xo‘rsinib Xolisa.

Ona bolalaridan ayrilganidan 4 kun o‘tib, Bahrom va Xolisa boshiga katta fojea tushadi- kech tunda 4 yashar qizalog‘i uyg‘onib tashqariga tuvvakka chiqishi paytida elektr toki urishi oqibatida jon beradi. Bahromning aytishicha fojea kech tunda yuz bergan.

- Men bolalarim bilan birga edim. Eng kichik ikki yashar qizim onasini emardi, shu payt onasini yo‘qotib qo‘yib, kechasi soat 3-4 qadar uxlamaydiga bo‘lib qoldi. O‘sha kuni qizim soat kech 3 uxladi. Men qizim uxlagandan yarim soat o‘tib, men ham uyquga ketdim. Bir soatlardan keyin katta qizim gorshokka chiqish uchun turgan. Ayvonga chiqqanida kutilmaganda elektr simining izolentasi yechilib ketib temirga ilashib qolgan bo‘lgan. Qizim devorni ushlaganda tok urgan. Biz turgan uy yog‘och uy, tashqarisi profnastil tunukasi bilan o‘ralgan edi. Tashqaridan chiqqan svet tunukaga tegib qolgan, kimdir izolentasini maxsus ochib qo‘yganmi, bilmadim , butun qishi bilan hech narsa bo‘lmagan narsa shu kunga kelib ochilib ketgan, bu bizga qorong‘u. Hozirgacha bu narsa aqlimga sig‘maydi, dedi Bahrom.

Qizalog‘ni yor-do‘stlar Tver shahrida ko‘mishadi. Ko‘mish paytida Bahrom politsiya bo‘limi qamoqxonasida, Xolisa esa deportatsiya markazida ushlab turilgan. Farzandi ko‘milgandan so‘ng, Bahrom va qolgan ikki farzandi – 6 yashar o‘g‘li va 2 yashar qizi onasi Xolisa ushlab turilgan deportatsiya markaziga qaytariladi.

Uch oy davom etkan tergov va mahkama tortishuvlaridan so‘ng, Tver sudi Bahrom Ismoilovni RF Jinoyat Koddeksining 109 moddasi 1 qismi (ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga nisbatan 75 ming rubl ($1153) jarima to‘lash hukmini chiqardi.

Er-xotin Ismoilovlarning aytishicha ularda jarima pulining to‘lash iloji yo‘q va to jarima to‘lanmas ekan, ularning O‘zbekistonga jo‘nashlari yanada uzoqqa cho‘zilishi mumkin.

Xolisa oilasi boshiga tushgan musibat eri va o‘zining sog‘lig‘iga shikast etkazganini aytadi.

-Qizimning o‘limidan keyin sog‘lig‘im yomonlashgan, yuragim uradigan bo‘lgan. Sog‘lig‘im yomonlashib borayapti menga bir gap bo‘lsa, qolgan 2 bolamga kim qaraydi. Bir bolamdan ayrildim, shu bir umriga etarli bo‘ldi. Meni bu yerda ruhan qiynayotgan yana bir narsa – nega menga bolalarimni berishmadi? Bu erga olib kelayotgan bolali ayollar, onasidan ajratilgani yo‘q-ku? Bolalarimni sud mendan ayirmaganda edi 4 yashar bolam, balkim tirik qolardi, dedi xo‘rsinib Xolisa.

Ozodlik Bahrom Ismoilov va Xolisa Masharipova ishi bo‘yicha ma’lumot olish uchun Tver Tergov boshqarmasi va ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi. Har ikki idora rasmiylari telefon orqali biror ma’lumot bermasliglari va rasmiy so‘rov yubrish taklifi bilan cheklanishdi.

Ismoilovlar oilasi muammosi yuzasidan OzodlikMoskvadagi “Grajdanskoe sodeystvie” inson huquqlari tashkilotiga murojaat qildi. Ozodlik murojaatidan so‘ng, ushbu tashkilotning Tver viloyatidagi advokati Vladimir Shamkin, Ismoilovlar muammosini o‘rgana boshlaganini bildirdi.

-Bahromning xotini va bolalarini yaqin kunlarda O‘zbekistonga yuborishlari mumkin. Bu haqda men gaplashgan Tver SUVSIG idorasi rasmiylariga ko‘ra shu kunlarda bilet puli masalasi hal etilishi mumkin. Ismoilov Bahrom masalasiga kelsak, uning O‘zbekistonga chiqishiga taqiqqo‘yilgan. Chunki Bahromning 4 yashar qizi uyda tok urib o‘ldirgani uchun, Bahromga nisbatan RF Jinoyat Koddeksining 109 moddasi 1 qismi bo‘yicha (ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish) asosida ish qo‘zg‘atishgan. Sud hukmi bo‘yicha Bahrom 75 ming rubl to‘lashi lozim. Men ushbu jarimani mahkama orqali bekor qilinishi bo‘yicha ish boshlamoqchimiz, dedi advokat Vladimir Shamkin.

Rossiya shaharlarida mehnat muhojirlari yosh bolalariga bog‘liq fojeali voqealarga duchor bo‘lish hollari kam emas.

2015 yilning oktabr oyida Sankt- Peterburgda migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun ushlangan tojikistonlik Zarina Yusupovaning 5 oylik o‘g‘li politsiya xodimlari tomonidan tortib olingandan bir bir kun o‘tganch, onasiz qolgan go‘dak halok bo‘lgan edi.

5 oylik tojik bolakayi Umarali o‘limi Rossiya va Tojikiston jamoatchiligida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Huquq faollari Rossiyaga ishlash uchun yosh bolalari bilan kelayotgan ayrim markaziy osiyolik muhojirlar, o‘z farzandlari hayotini xatar ostiga qoldirishlari mumkinligidan ogoh etib kelishadi.

XS
SM
MD
LG