Линклар

​16 noyabr kuni Ozodlik Beruniy tumanining Biybozor O.F.Yda yashovchi mushtariyning svet va gaz yo‘qligidan qilgan shikoyatini "Sizdan Telegram" loyihasida nashr etdi.

​"Men sizlarga yozishimning sababi biz yashayotgan Beruniy tumanidagi Biybozor O.F.Yda svet tez-tez o‘chirilmoqda. Biz svetsiz juda qiynalib ketdik. Shu masalada bizga yordam bering…"

18 noyabr kuni Ozodlikka shikoyat qilgan tinglovchining ma’lum qilishicha, tuman hokimi yig‘ilish o‘tkazib, ovul aholisiga muammolarni hal qilib berishga va’da berdi.

"Ozodlik ijodkorlari, sizlarga rahmat. Kecha hokim yig‘ilish o‘tkazib, xalkga arzon ko‘mir va svet muammosini hal qilib berishga va’da berdi va bizni, shuningdek, "xoinlar" deb atadi. Prokuratura va hokimlar hal qilmagan ishni sizlar hal qilganingiz uchun shaxsan men va butun kishlog‘imiz nomidan rahmat".

*****************************************************************************

"Sizdan Telegram" loyihasida Sizdan kelayotgan xabarlar, foto va videolar o‘rin oladi. Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com 60 yildan ziyod vaqt mobaynida xolis jurnalistika andozalari asosida faoliyat yuritayotgan Ozodlik radiosi, agar istagingiz, shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi.

Muhim eslatma: "Sizdan Telegram" loyihasida beriladigan ma’lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

Iltimos, "Sizdan Telegram" loyihasiga yuborayotgan xabaringizga dalil sifatida foto, video yoki hujjatlarni iloji boricha ilova qilishingizni so‘raymiz.

XS
SM
MD
LG