Линклар

"Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida xalqqa ko‘mir berish cho‘zilmoqda. Shuningdek, oshiqcha qog‘ozbozlikga yo‘l qo‘yilmoqda.

Ko‘mir olish uchun mahalla posbonlari chiqishi kerak ekan. Biroq, ular chiqib, ko‘mir olib, bizlarga bermayabdi. Boz ustiga, ko‘mirni yakka tartibda bermay qo‘ydi. "Odam to‘plab, keyin kelasan" deb aytishmoqda. 10 kishi bo‘lib olish shart ekan.

Ammo, ko‘mir oladigan 10 odamni topa olmasak, nima qilsak bo‘ladi? "Kunlar sovib bormoqda" deb aytsak, ular "bizning nima ishimiz bor" deb javob qaytarmoqda.

Ushbu muammoning yechimini topa olmayapmiz".

--------------------------------------------------------------------------

Iltimos, “Sizdan Telegram” loyihasiga yuborayotgan xabaringizga dalil sifatida foto, video yoki hujjatlarni iloji boricha ilova qilishingizni so‘raymiz.

XS
SM
MD
LG