Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:11

Olmaliqda shifokorlar mas’uliyatsizligi tufayli egizak tuqqan ayol olamdan o‘tdi


O‘zbekiston bo‘yicha yong‘inlarda har yili 140 nafardan ortiq inson dunyodan ko‘z yummoqda. Ota-onasini qariyalar uyiga “surgun” qilgan farzandlar insofga chaqirildi. Egizak tuqqan ayolning vafotiga sabab bo‘lgan shifokorlar mahkamaga tortildi.

_______________________________________________________________

O‘zbekiston bo‘yicha yong‘inlarda har yili 140 nafardan ortiq inson dunyodan ko‘z yumadi

O‘zbekiston bo‘yicha har yili ro‘y berayotgan 13 mingdan ortiq yong‘in oqibatida 500 nafardan ortiq fuqaro jarohat olib, 140 nafardan ziyod fuqaro dunyodan ko‘z yummoqda (“Postda”, 19 noyabr). Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi vakili Miryusuf G‘ulomovga ko‘ra, yong‘inlardan ko‘riladigan moddiy zarar bir necha milliard so‘mdan oshadi. Yong‘inlarning aksari elektr simlari va kabellaridagi qisqa tutashuvlar natijasida yuzaga kelayotir.

Ota-onasini qariyalar uyiga “surgun” qilgan farzandlar insofga chaqirildi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida farzandsiz qariyalar bilan birga, o‘g‘il-qizlari oqibatsizlik qilgan qariyalar ham bor (“Oila davrasida”, 24 noyabr). Pansionat xodimi Oygul Muhammadieva bu dargohdagi qariyalar uyda farzandlar va nevaralar davrasida yashashni orzu qilishini aytgan. “Farzand nomiga nomunosib kimsalar keksayib, muruvvat va qadrga muhtoj bo‘lib qolgan ota-onani qariyalar uyi kabi mahzun go‘shalarga “surgun” qilishdan oldin bu ishning oqibatini chuqurroq o‘ylab ko‘rishsa, uning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan mo‘’tabar insonlar jigargo‘shalari qilmishidan aziyat chekib o‘tirmagan bo‘larmidi?..” deya noqobil farzandlarni insofga chaqiradi muallif.

Olmaliq tug‘ruq kompleksida shifokorlarning mas’uliyatsizligi sababli egizak tuqqan ayol vafot etdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahri tug‘ruqxonasida egizak farzand dunyo keltirgan ayol vafot etdi. “Darakchi” nashri xabariga ko‘ra, voqea 2015 yil 18 yanvarda ro‘y bergan. Toshkent viloyati prokuraturasi marhumaning onasi Muhabbat Shodievaning arizasiga binoan mazkur holatni tekshirib, ayolning vafotiga shifokorlarning mas’uliyatsizligi va sovuqqonligi bilan qaragani sabab bo‘lganini aniqlagan. Ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar tug‘ruq kompleksi bosh shifokori o‘rinbosari B.A., shifokorlar N.M., Z.S. va I.A.lar Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, jazoga tortilgan.

Professor Erkin Yusupov: O‘zbekistonda fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi talabga javob bermaydi

O‘zbekistonda ayni paytda amalga bo‘lgan fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi talabga javob bermaydi, deb hisoblaydi Toshkent davlat agrar universiteti professori Erkin Yusupov (“Hurriyat”, 23 noyabr). Professorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan tartib dissertatsiyalar sifati, ilmiy ahamiyatini oshirish talabiga muvofiq emas. Masalan, mazkur tartibga ko‘ra, doktor ilmiy darajasiga da’vogar xorijiy mamlakatda 2 ta maqola chiqarishi kerak. Professor E. Yusupovga ko‘ra esa, xorijda maqola chiqarish uchun 500-3000 AQSh dollarilik to‘lovni chekka qishloqdan yoki oddiy oiladan chiqqan iqtidorli mutaxassis amalga oshira olmaydi. “Yana fanning kuni iqtidorli va intellektual salohiyatli yosh mutaxassislarga emas, balki tanish-bilishi bor yoki moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan, fanga qiziqishi bo‘lmagan fuqarolar uchun qo‘l kelmaydimi, degan shubhaga asos bo‘ladi”, deb yozadi muallif.

XS
SM
MD
LG