Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:49

Putin aktyor Stiven Sigalga Rossiya pasportini berdi


25 noyabr kuni prezident Vladimir Putin amerikalik aktyor Stiven Sigalga Rossiya pasportini shaxsan taqdim etdi. Putin Sigalga oy boshida Rossiya fuqaroligini bergan edi.

Putin pasportni Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida taqdim etdi. Kreml e’lon qilgan transkriptda yozilishicha, Putin aktyorning yangi fuqaroligi “hukumatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning asta-sekin normallashishi belgisi” ekanligiga umid qilishini aytgan.

Sigal pasportini olganidan keyin unga o‘z imzosini qo‘ygan.

Aktyor Sigal Rossiya Ukrainaning Qrim yarimorilini anneksiya qilib olib, mamlakat sharqidagi rossiyaparast ayirmachilarni dastaklashi ortidan Mosva va g‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar sovub ketgan bo‘lishiga qaramasdan, Putin bilan do‘stlashib, uni olqishlab kelayotgan g‘arb yulduzlaridan biridir.

Keyingi yillarda Rossiya fuqaroligini olgan xorijiy yulduzlar orasida farang aktyori Jerar Depardye hamda amerikalik bokschi Roy Jonslar bor.

Kremlь hamda yuqori lavozimli Rossiya rasmiylari AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongani Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashiga umid bildirishmoqda.

Tramp Putin haqida ijobiy ohangda gapirib, Rossiya bilan aloqalarni yaxshilishni hamda terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilishni istashini izhor qilgan.

Sigal Kremlda bo‘lish hamda prezident bilan uchrashish o‘zi uchun shon-sharaf ekanligini aytgan.

Noyabr boshida Kreml Putin Sigalga akyor iltimosiga binoan Rossiya fuqaroligini berganini bildirgan edi.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG