Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:58

Kuba inqilobining yetakchisi Fidel Kastro 90 yoshida olamdan o‘tdi


Kubaning sobiq rahbari Fidel Kastro 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Kuba davlat televideniesida marhumning ukasi Raul Kastro ma’lum qildi. Fidel Kastro Kubaga deyarli ellik yil rahbarlik qildi. 2008 yilda u vakolatini ukasi Raul Kastroga topshirgan edi.

Raul Kastroning Kuba davlat telefideniesi orqali bildirishicha, akasi Fidel Kastro juma oqshomida olamdan o‘tgan.

Kastro bugun Havanada krematsiya (maxsus pechda murdani kuydirish, tahr.) qilinadi.

Fidel Kastro Kubani deyarli ellik yil boshqardi. 2008 yilda u vakolatini ukasi Raul Kastroga topshirdi.

2013 yilda Fidel Kastro uning bunday qaror olishiga bedavo kasallikka chalingani sabab bo‘lganini aytgandi.

Lekin, oradan uch yil o‘tib 2016 yilning aprelida Kastro Kuba kommunistlari partiyasi qurultoyida qatnashdi va ma’ruza ham qildi.

So‘nggi bor Fidel Kastro jamoatchilikka shu yilning 13 avgustida, tug‘ilgan kunida ko‘rinish bergandi.

So‘nggi bor Fidel Kastro jamoatchilikka shu yilning avgust oyida ko‘ringandi.
So‘nggi bor Fidel Kastro jamoatchilikka shu yilning avgust oyida ko‘ringandi.

Inqilobchi Fidel

Fidel Kastro 1926 yilda ispaniyalik muhojirlar Anxelya Kastro va Alexandro Kastro Rus oilasida, Birin shahrida tug‘ildi.

Kollejni tugatgach Fidel Havana universitetida tahsil oldi.

U talabalik yillaridayoq siyosiy faoliyatini boshladi. 1955 yilda yosh Fidel Kubadagi hokimiyatni egallash uchun Meksikada inqilob otryadini tuzdi.

Kastro 1957 yildan boshlab Batista hukumatiga qarshi kurash olib bordi.
Kastro 1957 yildan boshlab Batista hukumatiga qarshi kurash olib bordi.

1957-1958 yillarda Kastro yetakchiligidagi inqilobchilar Kubadagi Fulxensio Batista boshliq amerikaparast hukumatga qarshi kurash olib bordi.

1959 yilda inqilobchilar armiyasi Havanaga kirib bordi va Batista hukumatini ag‘dardi.

1959 yil yanvarida Kastro boshliq inqilobchilar Batista hukumatini ag‘dardi.
1959 yil yanvarida Kastro boshliq inqilobchilar Batista hukumatini ag‘dardi.

Fidel Kastro Kuba bosh vaziri deb e’lon qilindi. Batista Kubadan qochdi.

Fulxensio Batistaning yuzlab tarafdorlari ayovsiz qatl etildi.

Kubaning yangi rahbariyati kambag‘allar huquqlarini himoyalash va ularga er berishni va’da qildi.

Lekin, ko‘p o‘tmay Kastro boshliq hukumat Kubada bir partiyali siyosiy tizimni joriy etdi.

Kuba inqilobidan keyin Kastro mamlakatni yarim asr boshqardi.
Kuba inqilobidan keyin Kastro mamlakatni yarim asr boshqardi.

Hukumat siyosatiga e’tiroz bildirgan yuzlab odam qamoqqa tashlandi. Minglab o‘rta tabaqaga mansub kubaliklar ta’qiblar tufayli orolni tark etishga majbur bo‘ldi.

Karib mojarosi

Kuba yetakchisi Fidal Kastro 1959 yilda hokimyatni egallashi ortidan o‘zini Sovet Ittifoqi quchog‘iga otdi.

Havana va Moskva o‘rtasidagi yaqinlashuv ko‘p o‘tmay Kubani sovuq urushi maydoniga aylantirdi.

O‘tgan asrning 60-yillari boshida AQSh razvedkasi Sovet Ittifoqining yadroviy raketalarini Kubaga joylashtirish rejasini fosh qildi.

Dunyo yadroviy urush yoqasiga kelib qoldi. Bu voqea tarixga Karib mojarosi nomi bilan kirdi.

Kastro 1963 yilda Moskvaga keldi, Sovet rahbari Nikita Xrushchev bilan uchrashdi
Kastro 1963 yilda Moskvaga keldi, Sovet rahbari Nikita Xrushchev bilan uchrashdi

Fidel Kastro 1963 yilda O‘zbekistonga borgan

Fidel Kastro 1963 yilda Sovet Ittifoqiga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonga ham borgan.

O‘shanda Kastroga O‘zbekiston SSR rahbari Sharaf Rashidov hamroxlik qilgandi.

Kastro Farg‘onada paxta yetishtirayotgan mahalliy dehqonlar bilan uchrasharkan o‘zi ham paxta terish kombayni ruliga o‘tirgandi.

AQSh embargosi

1960 yilda Fidel Kastro amerikaliklar egalik qilgan shirkatlarni davlat tasarrufiga oldi.

Bunga javoban Vashington Kubaga qarshi savdo embargosi joriy etdi.

Amerika Kubaga 54 yil oldin kirgizgan iqtisodiy embargosi bekor qilinishini bildirgan.

2014 yil dekabrda AQSh prezidenti Barak Obama va Raul Kastro 1959 yildan beri amalda to‘xtab qolgan munosabatlarni iliqlashtirishni boshlashga kelishgandilar.

2016 yil mart oyida AQSh prezidenti Barak Obama Kubaga tarixiy safar qilgandi.

AQSh prezidenti Obama 2016 yil mart oyida Kubada Raul Kastro bilan uchrashdi.
AQSh prezidenti Obama 2016 yil mart oyida Kubada Raul Kastro bilan uchrashdi.

Orol axolisi ayni paytda Fidel Kastro davrida o‘ta og‘irlashgan mamlakatning iqtisodiy axvoli yaxshilanishi va turmush farovonligi oshishiga umid ko‘zi bilan qaramoqda.

XS
SM
MD
LG