Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:17

Toshkentlik Shuhrat Rustamov prezidentlik saylovini baykot qilishga chaqirdi


Suratda (chapdan o‘ngga): Huquq faollari Shuhrat Rustamov, Aliqul Sarimsoqov va Yelena Urlaeva Oliy Majlis yaqinida piket o‘tkazmoqda.2015 yilning 12 yanvari.
Suratda (chapdan o‘ngga): Huquq faollari Shuhrat Rustamov, Aliqul Sarimsoqov va Yelena Urlaeva Oliy Majlis yaqinida piket o‘tkazmoqda.2015 yilning 12 yanvari.

O‘zbekistonlik faol Shuhrat Rustamov internet tarmog‘i orqali e’lon qilgan “O‘zbekiston xalqiga murojaat”ida vatandoshlarni 4 dekabrda o‘tadigan prezidentlik saylovini baykot qilishga chaqirdi. Faol fikricha, Mirziyoevni prezidentlikka saylash Islom Karimov hukumronligida 25 yil olib borilgan mustabidlik siyosatining davom etishini qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi.

Toshkentlik huquq faoli Shuhrat Rustamov internet tarmog‘ida 4 dekabrda o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovini baykot qilish chaqirig‘ini e’lon qilish sabablarini izohlar ekan, Ozodlik radiosiga mana bularni aytdi:

-Birinchi sababi, nomzodlar orasida xalqning g‘amini eydigan odamlar yo‘q. Bularning hammasi shu kungacha diktaturani qo‘llab-quvvatlab kelgan va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydigan amaldorlardir. Ikkinchi sabab, prezidentlikka nomzodlar orasida muxolifat vakillarining yo‘qligidir.

Shuhrat Rustamov yakshanba kuni e’lon qilgan “O‘zbekiston xalqiga murojaat” degan chaqiriqda, jumladan,“Diniy va siyosiy motivlar bilan noxaq qamalganlarni zudlik bilan ozod qilinishini, gaz, elektr quvvati va suv ta’minotini yaxshilanishini, plastik kartochkalarni bekor qilinishini va ish xaqqingizni naqd pulda to‘lanishini... talab qiling”, deb aytiladi.

Murojaat davomida “Aks holda jamiyatimizda xech qanday ijobiy o‘zgarish sodir bo‘lmaydi va saylov o‘tgach yana kamida 25 yilga qullik davrini shaxsan o‘zingiz boshlab berasiz”, degan so‘zlarni ham o‘qish mumkin.

Huquq faoli Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonda avj olgan ta’qiblarning boshida turgan, deb hisoblashini aytdi:

-Shavkat Mirziyoev bosh vazir lavozimiga saylangach, tazyiqlar avjiga chiqa boshlagan. Uning firibgarliklaridan biri- hukumat idoralarining diniy motivlar bilan qamash to‘g‘risidagi moddalarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan qarorlarini matbuotda e’lon qilmaganidir. Har qanday qaror va qonun matbuotda e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi. Biroq O‘zbekistonda qaysi diniy adabiyot taqiqlangan, qanday ma’ruzalar taqiqlangan kabi qarorlar matbuotda e’lon qilinmagan. Agar bu qaror e’lon qilinsa, minglab odamlar Mirziyoevni arizalar bilan ko‘mib tashlaydi.

Shavkat Rustamov bundan avval ham 2015 yilning 29 martida O‘zbekistonda o‘tadigan prezidentlik saylovini baykot qilishga chaqirgan, hamda faollar Yelena Urlaeva va Malohat Eshonqulova bilan birga Respublika Bosh prokurori Rashid Qodirovdan Islom Karimov nomzodining prezidentlikka ko‘rsatilganini noqonuniy deb topishni talab qilgan edi.

Faollarning e’tiroficha, baykot e’lon qilish va boshqa shu kabi chaqiriqlar o‘zbek jamoatchiligi orasida keng qo‘llov topgan emas. Biroq bunday harakatlar o‘zbek xalqi siyosiy madaniyatini oshirishga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan da’vatdir.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston ichkarisida va tashqarisida ham Shavkat Mirziyoev nomzodini qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pligini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda “Deti Karimova” va “Yangi Prezident Yangi Ozbekiston. Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz beraman” guruhlari tashkil etilgan.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Toshev ismli foydalanuvchi : “Men ayrim manbalarga suyanib, to‘la ishonch bilan shuni aytamanki,O‘zbekistonda katta voqea sodir bo‘ldi – Samandar Qo‘qonovni ozodlikka chiqarilishi O‘zbekistonda erkinlik shabadasini esayotganini yaqqol dalolatidir”, deb fikr bildirgan.

Baxtiyor Xasan ismli foydalanuvchi esa: “Avvalo Yaratganga Shukur Mana Shunday Insonni Bizga Yetkazdi- Xalkparvar,Dardkash va Tushungan -Kolaversa Umidvorimiz Tinchligimiz Garovi...” deb Mirziyoevni madh qilgan (ko‘chirmalar mualliflar qanday yozgan bo‘lsa o‘sha holatda, tuzatishlarsiz berilmoqda-tah.).

O‘zbekiston prezidenti saylovi 4 dekabrda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida O‘zbekiston Demokratik partiyasi "Milliy tiklanish"dan Sarvar Otamuratov, Liberal-demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoev, Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov va "Adolat" Sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov ro‘yxatga olingan.

Xalqaro tashkilotlar shu kungacha O‘zbekistonda saylovlar demokratik va adolatli o‘tmaganini bildirib kelganlar.

XS
SM
MD
LG