Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:59

O‘zbekistonda tekshirishlar ortidan plastik karta “obnali” Internetga ko‘chdi


Feysbukdagi pulni naqd qiluvchi guruh
Feysbukdagi pulni naqd qiluvchi guruh

Plastik kartaga sotilayotgan mollarga naqd pulda sotilganidan ko‘proq narx qo‘ygan ho‘jalik sub’ektlaridagi tekshirishlardan keyin Internetda plastik karta “obnali” bilan shug‘ullanadiganlar faollashdi.

Toshkent va Guliston shahridagi savdo markazlarida o‘tgan hafta oxirida bo‘lgan tekshirishlardan keyin kartochkadagi pulini naqdlashtirmoqchi bo‘lganlar qiyin ahvolda qolishganini Ozodlikka ma’lum qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha¸ Facebook tarmog‘ida “Obnal kart v Tashkente” va “Obnal UZB” degan ikkita umumiy guruh ochilgan.

Toshkentdagi Savdo markazlaridan birida ishlovchi savdogarning aytishiga ko‘ra¸ savdo markazlarida faoliyat yuritib kelgan “obnalchilar” bir kun ichida yo‘q bo‘lishgan:

- Plastikdagi pullarni obnal qilish kundalik zaruratga aylanib qoluvdi. Tochkalarda oblava o‘tkazilganidan keyin plastikdan pul chiqarish imkonsiz bo‘lib qoldi. Menga ikki million so‘m zarur bo‘lganida¸ qo‘shni do‘kondagi bolalar internetda obnalichka borligini aytdi. O‘sha bolalar ërdamida plastikdan pul chiqarib oldim¸ deydi suhbatdosh.

Facebook tarmog‘idagi “Obnal kart v Tashkente” va “Obnal UZB” degan ikkita umumiy guruhda 20 mingga yaqin a’zo borligi ham ma’lum bo‘ldi.

Guruh moderatori Ozodlik muxbiri savoliga javob berib “guruh plastik kartalardagi pulni naqdlashtirishga ko‘mak berish maqsadida” ochilganligini yozdi. Ayni paytda bu “ko‘mak” ma’lum ustama foiz evaziga amalga oshiriladi.

Masalan guruh a’zosi D. K.ning 25 noyabr kuni joylashtirgan e’loniga ko‘ra, “Ikki million so‘mni naqd pulga aylantirishi uchun” 13 foiz ustama haq lozimligi aytiladi. E’lon tagidagi raqamga telefon qilganimizda, D. K. “Pul naqdlashtirish uchun olinadigan hizmat haqi” 20 foizga chiqqanligini aytdi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Toshkentdagi metro bekatlaridan biri yonida uchrashib “masalani hal qilsa bo‘ladi”.

“100 foiz garantiya. Biz aldamaymiz. Mana telefonimni bilibsizku”, deb ta’kidladi suhbatdosh.

Virtual e’lon orqali plastikdagi pulini naqdlashtirgan Toshkentdagi Savdo markazlaridan birida ishlovchi savdogar bu jarayon qanday bo‘lishini aytib berdi:

-Telefonda falon joyga boramiz, deb kelishdik. Bordim, qo‘lida telefon bilan ishlaydigan ko‘chma terminal bor ekan. Plastikni ichidan pulni echib olgandan keyin paaketga solingan pullarni mashinasi bagajnigidan olib berdi¸ dedi suhbatdosh.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ pulni naqdlashtirish savdo markazidagi do‘konlarda 30 foizga chiqib ketgan paytda Internetda 15- 20 foiz talab qilishmoqda:

- Arzon. Lekin sal ishi ko‘p. Kelishib bir joyga borish kerak. Risk ham bor. Tanimagan odamlar bilan ish qilasiz. Savdo markazidagi do‘konda obnal qilish qimmat bo‘lsa ham qulay edi. Bir-iki joy oblava bo‘lgach, tochkalar yopildi, deydi suhbatdosh.

Respublikada plastik karta “obnali” bilan bog‘liq vaziyatni o‘nglash maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari huzurida tuzilgan Yig‘ma axborot-tahlil departamentidagi Ozodlik manbasining aytishicha “shaklidan qat’iy nazar plastikdan pul yechilgani uchun pul olish qonun buzilishidir”.

- Gap plastikdan pul olganda bank chegirib qoladigan arzimas summa haqida emas. Odamlar Internetga e’lon berib, plastikdagi pulni 20 foiz evaziga naqd qilib beraman deb yozyapti. Departament hozir bu noqonuniy xolatlarni o‘rganmoqda¸ deydi manba.

O‘tgan hafta oxirida plastik karta to‘lovlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov respublikadagi barcha rahbarlarga hukumat telegrammasi yuborgan edi.

O‘zbekiston Moliya vazirligidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ 22 noyabr sanasi bilan yuborilgan 265 raqamli hukumat telegrammasida plastik kartadagi pullarni ustama berib naqd pulga almashtirish va mollarni plastik kartaga sotayotganda qimmat narx belgilash kabi holatlarga barham berish talab qilinadi.

Hukumat telegrammasi
Hukumat telegrammasi

Ozodlik tasarrufida nushasi mavjud bo‘lgan bu telegrammada ëzilishicha¸ “Plastik kartani to‘lov uchun qabul qilishdan bosh tortgan” xodimlar va “Plastik karta orqali hisob-kitob qilishda naqd pulga nisbatan 20-25 foizga qimmat haq talab qilayotgan” shaxslar jazolanishi aytiladi.

Telegrammada plastik karta “obnali” bilan shug‘ullanaëtgan va plastik kartaga sotiladigan molga qimmat narx qo‘ygan xo‘jalik sub’ektlari tekshirilib “prokuratura idoralariga taqdim qilinishi” talab qilinadi.

XS
SM
MD
LG