Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:44

Istanbulda qo‘lga tushgan $ 9,5 millionning 5 millioni “Toshkent Gold” shirkatiga tegishli


Istanbulning Ota Turk aeroportida 18 noyabr kuni qo‘lga tushirilgan 9,5 million dollarning 5 million 359 ming dollari Turkiyada faoliyat yurituvchi “Toshkent Gold” shirkatiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Turkiya rasmiylari Ozodlikka, Otaturk aeroportida 9,5 million dollar bilan ushlanganlar “gulanchi”lar foydasiga valyuta kontrabandasida gumon qilinayotganini bildirgandi. Qo‘lga olingan 7 kishining biri O‘zbekiston, yana biri Qirg‘iziston, qolganlari Turkiya vatandoshlari ekani aytilgan.

Истанбулда қўлга тушган $ 9,5 миллионнинг 5 миллиони “Тошкент Голд” ширкатига тегишли
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:14 0:00
Бевосита линк

Ota Turk aeroportida 18 noyabr kuni 7 kishi Istanbulga olib o‘tishga harakat qilgan og‘irligi 100 kilogramm bo‘lgan 9,5 million dollarning 5 million 359 ming dollari “Toshkent Gold” shirkatiga tegishli ekani haqida turk matbuotiga shirkat rahbari Ismoil Qashqariy ma’lum qilgan.

Ozodlik radiosi muxbirining shaxsan Ismoil Qashqariy bilan bog‘lanish uchun bir necha kun mobaynida qilgan harakatlari samarasiz yakunlandi. Biroq Ismoil Qashqariyning advokati Uur Cherekchi 9,5 million dollar miqdoridagi mablag‘ Istanbulga Qirg‘iziston vatandoshi Dayirbek To‘yganbaev tomonidan qonuniy ravishda olib kelinganini iddao qildi:

-Dayirbek To‘yganbaev Turkiyaga pul bilan kirib kelganida deklaratsiyani to‘ldirgan. Aeroportdagilar qo‘lga olingan qirg‘iz vatandoshlarini Baqirqo‘y prokuraturasiga jo‘natigan. U yerda hech qanday noqonuniy harakatlar oshkor bo‘lmaganidan so‘ng politsiya ishni Adliya vazirligining Istanbul boshqarmasiga oshirgan. Qonunga muvofiq tergov muddati 29 kunga uzaytirilishi mumkin. Ochig‘ini aytganda, katta miqdordagi pulni ko‘rgan turk kuchishlatar tuzilmalari xodimlari bu pulni o‘ziniki qilib olish uchun har hil fitnalarni o‘ylab topmoqda. Buning oqibatida Dayirbek To‘ygunbaev va uning ortidan boshqalar ham qamoqqa olindi, - dedi advokat Cherekchi.

Unga ko‘ra, Istanbuldagi “Toshkent Gold” formasining rahbari Ismoil Qashqariy ham qamoqqa olingan. Qashqariy qamoqqa olinishidan oldin Yenisafak gazetasiga 22 noyabr kuni intervyu berishga ulgurgan.

Yenisafak gazetasining bildirishicha, 9.5 million dollarning 5 million 359 minggi “Toshkent Gold” firmasiga, qolgan qismi esa Istanbulda faoliyat yuritayotgan boshqa 4 shirkatga jo‘natilgan. Ismoil Qashqariy bu pul hisobidan Markaziy Osiyoga tovar jo‘natishi kerakligini, pulni olib kelgan yigitlar bilan ber necha yillardan beri hamkorlik qilib kelganini va “gulanchi”larga mutlaqo aloqasi yo‘qligini aytgan.

Istanbulning Baqirko‘y tumani prokuraturasi matbuot xizmati vakili esa Ozodlik radiosiga qo‘lga olinganlar “gulanchi”lar foydasiga “valyuta kontrabandasida gumon qilinmoqda", deb bildirgan edi.

Biroq Yenisafak gazetasi ham, advokat Cherekchi ham “Toshkent Gold” shirkatining O‘zbekistonga qay darajada aloqadorligi to‘g‘risidagi savollarga hozircha javob topa olmagan.

Ozodlikning bir-biridan mustaqil ikki manbasi esa 9 million 500 ming AQSh dollari solingan sumkalarni ko‘targan yo‘lovchilar Toshkent-Istanbul aviareysida uchib kelganini aytgan edi. Manbalarning aytishicha, ular “pul tashuvchi kuryer” bo‘lgan.

Qirg‘izistonning Istanbuldagi konsulxonasi vakili Ruslan Moldakunov mazkur voqeaning tergov qilinishi bilan bog‘liq ayrim holatlarni ma’lum qildi:

-Qo‘lga olingan qirg‘iz vatandoshlari pullar kimlarga tegishli ekanini aytishmayapti. Turklar esa “Biz ularni faqat kutib olgani borgandik”, deyishmoqda. Pulni Istanbulga kimlar jo‘natganini aytishmayapti. Bu pulni olib kelganlar esa, pul o‘zlariga tegishli ekanini, bank hisoblarida shuncha pul mavjud bo‘lganini isbotlay olmaganlari uchun hibsda qolmoqda. Shuning uchun tergov jarayoni qanchaga cho‘zilishi noma’lum bo‘lib turibdi, - dedi Ruslan Moldakunov.

Mutaxasislar fikricha, Turkiya bilan hamkorlik qilayotgan tadbirkorlarning asosiy qismi yuk tashuvchi kargo firmalar xizmatidan foydalanadi. Bu firmalar orqali tadbirkorlar bir-birlariga tovardan tashqari katta miqdordagi pullarni ham jo‘natib turishadi.

Biroq 18 noyabrda qo‘lga olinganlar Turkiya hukumati 2016 yil iyulidagi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab kelayotgan Fathulloh Gulanga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Ayni paytda Gulan diniy tashkiloti Turkiyadan boshqa aksar davlatlarda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga tirkalmagan.

XS
SM
MD
LG