Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:47

Kelasi oydan o‘zbekistonliklar xorijga naqd $10 minggacha olib chiqishlari mumkin


28 noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining “Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” deb nomlangan yangi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Muhokamalardan so‘ng kelasi oy oxiriga qadar qabul qilinishi kutilayotgan bu qarorning O‘zbekistonda valyuta erkin konvertatsiyasiga o‘tish jarayoni tomon qo‘yiladigan ilk qadam bo‘lishi taxmin etilmoqda.

“Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi¸ uning ilk jumlasida yozilishicha¸ “ valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish va takomillashtirish¸ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilash” maqsadida ishlab chiqilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida hozircha faqat rus tilida (O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tilidir-tahr.) mutaxassislar¸ shuningdek¸ keng jamoatchilikka taqdim etilgan qaror loyihasida valyuta siyosatini liberallashtirishning besh asosiy ustuvor yo‘nalishi belgilangan.

Bular:

- "davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag‘batlantirish yondashuviga o‘zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta’minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko‘zda tutish;

- respublika eksport salohiyatini rag‘batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

- milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o‘rnatish;

- milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik normalari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik”.

O‘zbekiston banklarida ishlovchi mutaxassislardan birining Ozodlikka aytishicha¸ bu qaror loyihasi o‘tgan oy mamlakat moliya tizimlari xodimlari muhokamasiga tashlangan va ulardan 14 dekabrga qadar bu loyiha yuzasidan o‘z taklif-tavsiyalarini bildirish so‘ralgan.

“Ayni hujjat endilikda keng jamoatchilik muhokamasi qo‘yildi va endi istagan odam hukumat portaliga kirib¸ o‘z fikrini bildirishi¸ qo‘shimcha va tuzatishlar tavsiya qilishi mumkin”¸ deydi Ozodlik manbasi.

Shavkat Mirziyoevning “valyuta siyosatini liberallashtirish” maqsadida muhokamaga tashlangan qarori loyihasi¸ ayrim mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda valyuta erkin konvertatsiyasini joriy qilish tomon tashlangan ilk qadam sifatida baholanmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan bank xodimi¸ shunday taxmin va kutish O‘zbekiston moliya tizimi xodimlari orasida ham borligini aytar ekan¸ bu haqda uzil-kesil fikr faqatgina yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng aytilishi mumkinligini ta’kidlaydi.

“Hozir bu hujjat muhokamada. Albatta¸ undagi “milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o‘rnatish” degan gap¸ konvertatsiya ochiladi¸ degan taxminga yo‘l ochadi. Lekin bu bandlar qaror matnida ham shunday qoladimi¸ undan nimalar olib tashlanib¸ nimalar qo‘shiladi¸ bu haqda bir narsa deyishga bir oz erta. Bilishimcha¸ qaror 14 dekabrdan keyin qabul qilinib¸ bosqichma-bosqich ijro 1 yanvardan boshlansa kerak”¸ deydi Ozodlikning O‘zbekiston banklaridan biri ishlovchi manbasi.

Qaror loyihasida o‘zbekistonliklarning bank va pochta o‘tkazmalari yoki to‘lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag‘larini o‘tkazishi¸ tadbirkorlarning xorijiy sheriklari bilan hamkorlikda to‘lovlarni qaysi valyuta qilishni o‘zlari tanlashi¸ hukumat qarorlari bilan o‘rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSh dollarigacha naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirishga ruxsat berish ham nazarda tutilgan.

XS
SM
MD
LG