Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:05

Islom Karimov: "Ularda onamni yo‘q qilish rejasi bor"


O‘zbekistonning sobiq prezidenti nevarasi Islom Karimov o‘zbek maxfiy xizmatini onasi Gulnora Karimovani o‘ldirishni rejalayotganlikda aybladi. Bobosi vafotidan salkam uch oy o‘tib Bi-bi-si O‘zbek xizmatiga gapirgan Islom Karimov o‘z hayotiga tahdid mavjudligi tufayli O‘zbekistonga bora olmasligini aytdi. Biroq o‘z xavotirlari nimaga asoslangani borasida aniq dalillar keltirmadi.

U onasining ikki yildan buyon Toshkentda uy qamog‘ida qolayotganini va bobosi o‘limidan so‘ng unga nisbatan bosimlar kuchayganini ma’lum qildi. Islomning gapiga qaraganda, onasi Gulnoraga o‘xshagan ayollar yollangan, kiyintirilgan va shahar bo‘ylab mashinalarda olib yurilgan.

"O‘ylashimcha zaharlashmoqchi..."

- Hozir ham uyda saqlanyapti. Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi uyida uni hibs boshidanoq ushlab turishibdi. U xorijga uchib ketgani yoki shahar bo‘ylab yurgani haqidagi mishmishlar yolg‘on, - deydi Islom Karimov.

U Gulnora Karimovani uy qamog‘ida ushlab turganlar “buvimning odamlari” deb aytdi.

-Ular oyim ozod bo‘lishini xohlashmaydi, chunki keyin ko‘p savollarga javob berishga majbur bo‘ladilar. Bu savollarga esa hech kim javob bera olmaydi, chunki nafaqat bizga, balki atrofimizdagilarga qarshi bo‘layotgan ishlarni hech kim qonunan izohlab bera olmaydi, - dedi marhum prezidentning nevarasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar

Islom Karimov bilan suhbat so‘nggi haftalarda Gulnora Karimovaning taqdiri matbuot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan bir pallada yoyinlanmoqda.

Kichik Islom Karimov bobosi 2 sentabrda vafot etganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimova nomidan paydo bo‘lgan bir necha akkauntning onasiga tegishli emasligini aytdi.

- Yo‘q, hozirda unda hech qanday ijtimoiy faoliyat yo‘q. Mutlaqo hech qanday ijtimoiy sahifasi yo‘q. Tvitter, Instagramda go‘yoki undan deb sahifalar ochilyapti, qo‘l yozuvlari soxtalashtirilyapti, fotoshop orqali suratlari o‘zgartirilyapti.. Buning bari uning o‘zini, unga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovni izdan chiqarish maqsadida qilinyapti, - dedi Islom Karimov.

"Bevosita aloqa yo‘q"

U onasining tashqi dunyoda uzilgan holda saqlanayotgani bildirdi.

- Uyga yaqinlashaman yoki uni ko‘raman degan odam darhol hibsga olinadi va SNBning Gvardeyskiydagi hibsxonasiga olib ketiladi, - dedi Islom Karimov.

Onasi bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega emaslini aytgan Islom Karimov u bilan 18 yashar singlisi Imon “oyda bir” ko‘rishib turishini aytdi.

- Singlim hozir «Turkiston» mehmonxonasida yashayapti. Fevralda uni oyimdan ajratib shu mehmonxonaga joylashtirishgan. U erkin harakat qilishi mumkin, lekin o‘sha yerda uxlashi kerak. U oyimsiz bir joyga borolmaydi. Uni mamlakatdan chiqarib yuborishmoqchi bo‘lishyapti, lekin u oyimsiz hech qaerga ketmoqchi emas. Chunki agar u ketsa va oyimga biron narsa bo‘lsa, hech kim guvoh bo‘lolmaydi, hech kim u bilan muloqotda bo‘lmaydi. Chunki menda ham bevosita aloqa yo‘q oyim bilan. Agar unga bir kor-hol bo‘lsa, buni biladigan yagona odam singlim bo‘ladi, - dedi Islom Karimov.

"Tog‘dan yiqilib o‘lishdi..."

U hayotiga xavf bo‘lgani uchun bobosi janozasiga bormaganini aytdi.

- Oyim va singlimdan tashqari, menga bobomdek yaqin odam yo‘q edi. Lekin, bilardim, agar borsam, bizga yakun yasalardi. Kamida 2-3 marta odamlar, SNB va oila a’zolarimdan eshitdimki, agar men u yerda bo‘lsam, uchovimizni ham darhol yo‘q qilishar ekan. Oyim bilan singlimga ziyon qilishmayotganining sababi, ular bilishadiki, bu erda vahima boshlanadi. Agar men u yerga borsam, uchovimizni ham yo‘q qilishardi va 5-6 yildan keyin e’lon qilishardi. Tog‘dan yiqilib o‘lishdi, yoki shunga o‘xshash... – dedi Islom Karimov.

Ikki yil muqaddam O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik va tovlamachilikka aloqador, deb rasman bayonot berishi ortidan Gulnora Karimova uy qamog‘iga olingan edi.

XS
SM
MD
LG