Линклар

Mirziyovning sochini bo‘yaganini payqagan S -1 nashri, shu yilning 4 dekabriga belgilangan O‘zbekistondagi prezident saylovi oldidan Liberal-demokratik partiyaning matbuot xizmati tomonidan Internetda e’lon qilingan Shavkat Mirziyoevning bir qancha fotosurati dalil sifatida keltiradi.

“Sochiga oq tushib borayotgan Shavkat Mirziyoev endi qo‘ng‘ir sochli yosh kishiga o‘xshab qolibdi: saylovchilar bilan uchrashuv davomida u barcha bilan kulib suhbatlashayotgani, sog‘lom va tetik ko‘rinishda ekanini ko‘rish mumkin.”

Sochlarini tim qora rangga bo‘yashni Markaziy Osiyodagi boshqa siyosiy liderlar ham hush ko‘radi. Masalan, bu rangni Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhamedov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmonlar tanlagan. Qozoq va qirg‘iz prezidentlari – Nursulton Nazarboev va Almazbek Atambaevlar esa soch bo‘yamasdan, tabiy ranglarni tanlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yoshroq ko‘rinish uchun yuziga botoks qilishi iddao qilinadi. AQSh prezidentlik saylovi davomida norinj rangdagi saylangan prezident Donald Trampning sochi ham matbuot diqqat markaziga tushgan edi. Ammo, prezidentlik muddati tugab borayotgan Barak Obama hech qachon sochini bo‘yamagan.

Shu vaqtgacha foto- va videokameralardan uzoqroqda yurgan Shavkat Miromonovich Mirziyoev endilikda jamoatchilik oldiga yangi ko‘rinishda chiqishni qaror qilganga o‘xshaydi.

XS
SM
MD
LG