Линклар

AQShda “O‘zbekistonliklar kongressi” nodavlat tashkiloti rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi. Tashkilot muassislaridan biri, jurnalist Jahongir Mamatovning Feysbukdagi o‘z sahifasida xabar qilishicha, mazkur uyushma “asosan O‘zbekiston bilan adabiy, madaniy, ma’rifiy aloqalar o‘rnatish, ijtimoiy-siyosiy muammolarni yechishda ekspertlarning tahliliy hisobotlarini tayyorlash, chop etish va boshqa sohalarda ham faoliyat ko‘rsatadi”.

Jahongir Mamatovga ko‘ra, “O‘zbekistonliklar kongressi”, shuningdek, xorijda o‘zbek tili targ‘iboti va o‘zbekistonliklarga huquqiy yordam bilan ham shug‘ullanadi. Turli sohalarda iqtidorli yoshlarga yo‘l ochish uchun mukofotlar ta’sis etadi va g‘oliblarni rag‘batlantirib boradi”.

"O‘zbekistonliklar kongeressi" rasmiy guvohnomasi

"O‘zbekistonliklar kongeressi" rasmiy guvohnomasi

“O‘zbekistonliklar kongressi” siyosiy partiya yoki harakat emas, unga xorijda yoki mamlakat ichida yashayotgan shaxslar a’zo bo‘lishlari mumkin, mazkur tashkilot hech qaerdan grant olmaydi va nohukumat, mustaqil tashkilot sifatida shaxsiy xayriyalar hisobiga ishlaydi. Kelgusida shaxsiy xayriyalar hisobidan tashkilotning o‘zi turli grantlar berishni yo‘lga qo‘yadi”, deyilgan xabarda.

Ozodlik bu xabardan paydo bo‘lgan savollarini “O‘bekistonliklar kongressi” muassisi Jahongir Mamatovga berdi.

XS
SM
MD
LG