Линклар

logo-print

Islom Karimov bilan suhbatlashish orzusiga erisholmagan Chex prezidenti Rahmon bilan uchrashdi


Milosh Zeman va Emomlai Rahmon faxriy qoravul safidan o‘tmoqda.

Milosh Zeman va Emomlai Rahmon faxriy qoravul safidan o‘tmoqda.

Pragada o‘tgan uchrashuv doirasida Zeman va Rahmon o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma bayonotni qabul qildi. Shundan so‘ng Chexiya va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish kelishimi imzolandi.

Emomali Rahmon brifingda Tojikiston o‘z tashqi siyosatida Yevropa davlatlari bilan hamkorlikkak alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

-Biz Chexiyani muhim hamkor sifatida tan oldik va o‘zaro hamkorlikning bugungi darajasi bizni qoniqtiradi, - dedi Emomali Rahmon.

Jurnalistlarga Milosh Zeman va Emomali Rahmonga savol berishga ruxsat etilmadi. Brifing boshlanishidan oldin Chexiya prezidenti matbuot xizmati jurnalistlarni prezidentlar savollarga javob bermasligidan ogohlantirishdi.

Zemanning Rahmon bilan uchrashuvi arafasida asosan Tojikiston vatandoshlaridan iborat bo‘lgan faollar Chexiya prezidenti saroyi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Ular fikricha, Emomali Rahmon Tojikistonda diktatorlik rejimi o‘rnatgan va uning Pragada qabul qilinishi joiz emas edi.

Emomali Rahmon Budapesht safari yakunlanganidan so‘ng 30 noyabrь kuni Pragaga rasmiy safar bilan kelgandi.

2014 yilning 25 oktabrida Milosh Zeman Tojikistonga borgan edi. O‘shanda Emomali Rahmon Milosh Zeman chex-tojik hamkorligi yuzasidan faoliyatini 30 yil avval boshlaganini aytib o‘tgan.

Tojikiston Chexiya bilan diplomatik aloqalarni 1992 yilning 2 iyunida o‘rnatgan. 2015 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 200 ming dollardan sal ko‘proqni tashkil qilgan.

Milosh Zeman xalqaro hamjamiyat tanqidlarga qaramay O‘zbekistonning o‘sha paytdagi prezidenti Islom Karimovni 2015 yilda Chexiyaga tashrif bilan kelishga taklif qilgan edi. Lekin bu safar amalga oshmay qolgan.

2014 yil fevralida ham Pragaga kelishi rejalangan Islom Karimov safari xalqaro va mahalliy inson haqlari himoyachilari noroziligidan so‘ng bekor qilingan edi.

Bosim ostida qolgan Chexiya Bosh vaziri¸ Praga shahar hokimi va hukumatning besh vaziri Islom Karimov va O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrasha olmasligini bildirgani ortidan rasmiy Toshkent safarni noma’lum muddatga qoldirgandi.

O‘shanda jami 31 ta tashkilot, jumladan, Chexiyadagi ikki nufuzli guruh mamlakat prezidenti Milosh Zemanga murojaat etib, jahon diktatorlari ro‘yxatiga tirkalgan O‘zbekiston rahbari Islom Karimov bilan 20-22 fevral kunlariga belgilangan uchrashuvni bekor qilishga chaqirgan edi.

Chexiya prezidenti Milosh Zeman Islom diniga qarshi chaqiriqlari bilan tanilgan. U 2015 yilda Pragada musulmonlarga qarshi o‘tkazilgan namoyishlarda shaxsan ishtirok etgan.

XS
SM
MD
LG