Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:05

Karimovning haykali qanchaga tushadi?(VIDEO)


Ushbu rasmda Islom Karimov "Shahidlar" hiyobonidagi monument qurilishini muhokama qilmoqda.1999 yilning 27 avgusti.
Ushbu rasmda Islom Karimov "Shahidlar" hiyobonidagi monument qurilishini muhokama qilmoqda.1999 yilning 27 avgusti.

Marhum prezident Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoevning qarori e’lon qilindi.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashuv paytida Karimovga haykal qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Ozodlik manbalarining aytishicha¸ Islom Karimov haykalini yaratish borasidagi qaror ortidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasida xalqaro tanlovni tashkil qilish bo‘yicha komissiya ish boshlagan.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan haykaltaroshning Ozodlikka aytishicha, Karimovning bronzadan quyiladigan monumentini yaratish uchun kamida yarim million AQSh dollari lozim.

Islom Karimov nomini abadiylashtirish bo‘yicha qarorning bajarilishini nazorat qilish Karimov davrida ishdan haydalib, Mirziyoev davrida qaytarilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Ozodlik bundan oldin o‘z manbalariga tayanib Karimovga haykal qo‘yish masalasi taniqli haykaltarosh¸ Amir Temur haykali muallifi Ilhom Jabborov bilan maslahtlashilgani haqida yozgan edi. Manbalarning ishonishicha¸ O‘zbekistonning yangi rahbariyati “Amir Temur haykalini yasagan haykaltaroshning Islom Karimov haykalini ham yasashini” ma’qul ko‘rishgan.

Шахс улуғланишига қарши бўлган Каримов қандай улуғланмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00

Bir tonnagacha bo‘lgan haykal bepul tashib beriladi

O‘zbekiston badiiy akademiyasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ shu kunlarda xalqaro tanlovni tashkil qilish bo‘yicha komissiya ish boshlagan:

-Tanlov¸ tanlov bo‘lganida ham xalqaro tanlov bo‘ladi. Xalqaro tanlov degani bu o‘zbek haykaltaroshlari¸ jumladan Ilhom Jabborov ishtirok etmaydi degani emas. Umuman bu ishga jiddiy yondashilmoqda. Sarf harajatni kamaytirish uchun tanlovda qatnashadigan haykaltaroshlarga sharoitlar yaratish masalasi hal qilindi. Agar ular chet eldan kelishsa¸ ular olib kelgan haykal namunalaridan boj to‘lovi olinmaydi. Bir tonnagacha bo‘lgan yuklari uchun uchoqda bagaj haqi olinmaydi¸ deydi manba.

Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston TIVga xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan.

Qimmat tadbir

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasiga yaqin manbaning aytishicha¸ elchixona xodimlariga “Xalqaro tanlov haqida chet el haykaltaroshlariga ma’lum qilish” vazifasi ham yuklangan.

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi orqali xalqaro tanlovga taklif olgan taniqli haykaltaroshning aytishicha¸ (haykaltaroshning ismi sharifi Ozodlikda mavjud, ammo, ijodkor istagiga ko‘ra¸ ismi sir tutiladi - tahririyat) davlat siymosi bo‘lgan monument yaratish xarajattalab ishdir:

- Men Rossiya hukmdorlari haykallarini ishlagan rassom sifatida tajribam bor. Shu bois Toshkentdagi tanlovda ishtirok etaman. Tanlov qoidasiga ko‘ra haykal variantlarini taklif qilganlar faqat raqam bilan belgilanadi. Ya’ni anonim qoladi. Shu bois ismim sir qolsin. 2005 yilda men shunga o‘xshagan monument yaratganman bronzadan. O‘sha paytda haykalga 500 ming AQSh dollari sarf bo‘lgan edi. Toshkent proekti bundan kam bo‘lmaydi. Bu narx bronza Sankt-Peterburgda quyilish bilan qo‘shib hisoblagandagi narx. Agar Italiyada quyilsa yanada qimmatlaydi¸ deydi haykaltarosh.

Haykal Karimovga o‘xshasin

Suhbatdosh nazarida¸ Islom Karimovga qo‘yiladigan haykal realizm uslubida yasalishi lozim:

- Boshqa funktsionerlar kabi Karimov ham konservativ odam bo‘lgan. Hozirgi Toshkent mulozimlarini dunëqarashi ham shunday. Shu bois haykal realistik bo‘lishi kerak. Men Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliev haykalini yasaganimda ham shu andishadan kelib chiqib yanglishmadim¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlik bilan suhbatda rassom yarim million dollarning bu kabi haykal uchun kamtarin harajat ekanligini tushuntirdi:

- Eskiz tasdiqlanganidan keyin¸ mastshtabli eskiz yaratiladi. Keyin haykal yumshoq materialdan yasaladi. Keyin u parchalarga bo‘linib, viksint forma olinadi. Keyin esa mum forma qilinadi. Ana shundan keyin bronza quyiladi. Haykal bir butun qilib yig‘ilgach¸ chekanka qilinib g‘adir buduri tekislanadi. Yakuniy sayqal esa haykal o‘rnatilganidan keyin amalga oshiriladi. Bularni hammasi vaqt¸ mahorat va xarajat talab qiladi¸ deydi haykaltarosh.

Toshkentdagi tanlovda qatnashish istagini bildirgan taniqli qozoq haykaltaroshi Erbo‘l Meldibekovning fikriga ko‘ra¸ tanlov yakuni har doim ham estetika va badiiy jihatdan mantiqli bo‘lmaydi:

- MDHda o‘tadigan tender va tanlovlar doimo xolis bo‘lmaydi. Korrupsiya¸ tanish-bilishchilik unsurlari bo‘ladi. Markaziy Osiyoda haykal tanlov degan gap, faqat rasmiyatchilik. Sovet davridan ham yomon. Sovet davrida ozgina bo‘lsa ham monumental sohada mutaxassislar fikri inobatga olingan. Lekin shunday bo‘lsa ham men Karimov haykali tanlovida qatnashaman¸ deydi taniqli haykaltarosh.

Abadiy Karimov

Karimov nomini abadiylashtirish taklifi u olamdan o‘tgani aytilgan 2 sentabrda yangragani ortidan Toshkentdagi Jo‘rabek masjidiga “Islom ota” nomi berildi. Rossiya va Turkmanistonda haykal qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Oqsaroy binosi esa Karimov muzeyiga aylantirilishi ma’lum qilindi.

Karimov davrida monumentlar badarg‘a qilingan edi

1997 yilda O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Murod Muhammad Do‘st TV orqali chiqish qilib, mamlakatda Karimovning tasvirlari ko‘cha va maydonlardan olib tashlanishini ma’lum qilgan edi.

Shundan keyin faqat mulozimlar kabinetidagina O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov portretini osishga izn berildi.

1994 yili Farg‘ona viloyatiga kiraverishda o‘rnatilgan ramziy darvoza peshtoqidagi Islom Karimov haykali olib tashlandi.

Toshkentdagi Koka-kola zavodi darvozasiga darj qilingan Karimov siymosi ham o‘chirildi.

Karimov buyrug‘i bilan O‘zbekistonning birinchi rahbarlari Fayzulla Xo‘jaev¸ Yo‘ldosh Oxunboboev¸ Akmal Ikromov¸ Usmon Yusupov va Sharof Rashidovga qo‘yilgan haykallar demontaj qilindi va ular nomiga qo‘yilgan ko‘chalar qayta nomlandi.

Aynan Islom Karimov buyrug‘i bilan O‘zbekiston tarix muzeyi devori markazida Karimov tasviri bo‘lgan panno o‘chirib tashlandi.

XS
SM
MD
LG