Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:00

O‘zbekistonda ayrim banklar Western Union pul o‘tkazish tizimini yopib qo‘ydi


"Ipoteka" banki, Toshkent
"Ipoteka" banki, Toshkent

O‘zbekistondagi tijorat banklari, jumladan, "Ipak Yo‘li", "Ipoteka", "Asaka", "Milliy”, “Xalq” va “O‘zsanoatqurilish” banklarida mazkur tizim bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish 29 noyabrdan to‘xtatildi. Ozodlik suhbatlashgan ayrim tijorat banklari xodimlari bunday tadbirning qo‘llanilishiga Markaziy Bankdan aytilgan norasmiy ko‘rsatma sabab bo‘lgan.

Ozodlik suhbatlashgan "Ipak yo‘li" bankining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Western Union 2017 yil 10 yanvaridan keyin yana ishga tushishini aytdi:.

"Bizga Markaziy Bankdan norasmiy ko‘rsatma keldi. Bajarishga majburmiz", - dedi tijorat banki xodimi.

"Ipoteka" banki filiallaridan birida pul o‘tkazmalari bo‘limida ishlaydigan boshqa bir xodim faraziga ko‘ra, bunga prezident saylovlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Western Union kelasi yil 10 yanvardan keyin ishlaydi. Saylov tufayli tizim o‘chirildi”, - dedi “Ipoteka” bankining xodimi.

Ammo "Hamkor", "Kapital" kabi xususiy banklarda Western Union tizimi orqali pul berish va olish ishlari hali ham amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

"Aftidan, Markaziy bank ko‘rsatmasi asosan davlat ta’sis qilgan tijorat banklariga yuborilgan. Aks holda, boshqa banklar ham bugundan e’tiboran Western Union tizimi orqali xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishlari kerak edi," deydi Ozodlik mobil muxbiri.

Ayni paytda, boshqa pul o‘tkazish tizimlari, jumladan, Money Gram, Unistream, Zolotaya Korona kabi tizimlar orqali pul berish va olish ishlari barcha banklarda davom etmoqda.

Sayyohlarni kutib olishga tayyorgarlik

Ozodlik mobil muxbirining xabar berishicha, poytaxt Toshkentning markaziy hududlarida maxsus valyuta ayirboshlash punktlari barpo qilinmoqda.

"Bu punktlar aholidan xorijiy valyutalarni davlat kursida sotib olishga mo‘ljallangan, sotuv esa umuman yo‘q," deydi Ozodlik mobil muxbiri.

O‘zbekiston Markaziy banki xodimining ma’lum qilishicha, yangi ayirboshlash punktlari asosan xorijiy davlatlar vatandoshlari uchun tashkil etilmoqda.

Bunday tadbirning olinishiga, uning faraziga ko‘ra, dunyoning 27 mamlakati vatandoshlariga viza tartibini bekor qilishni nazarda tutgan prezident farmoni turtki bo‘lgan.

Markaziy bank xodimiga ko‘ra, yangi farmonning kelgusi yil 1 aprelidan kuchga kirishi ortidan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar soni ortishi kutilmoqda.

Shu bilan birga mahalliy mehmonxonalarda xorijiy davlat vatandoshlaridan joy va xizmat haqini faqat AQSh dollarida olish belgilab qo‘yildi, deya xabar berdi Ozodlik mobil muxbiri.

XS
SM
MD
LG