Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:04

Shavkat Mirziyoev Qur’on va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘yib qasamyod qildi


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalari qo‘shma tantanali majlisida Shavkat Mirziyoev Qur’oni Karim va O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qabul qildi.

Prezidentni qasamyodga keltirish marosimida, O‘zbekiston hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildi.

Shavkat Mirziyoev qasamyod qilmoqda
Shavkat Mirziyoev qasamyod qilmoqda

​Majlisda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov Mirziyoevni saylovdagi g‘alabasi bilan qutlab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

Shavkat Mirziyoev mamlakat konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”, deya ont ichdi.

Qasamëd qabul qilingan qo‘shma majlis
Qasamëd qabul qilingan qo‘shma majlis

​Ana shundan keyin Shavkat Mirziyoev yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlab¸ saylovda ishtirok etgan boshqa siyosiy partiyalar yetakchilariga — Sarvar Otamuratovga, Xatamjon Ketmonovga va Narimon Umarovga minnatdorchilik bildirgani rasmiy matbuotda ma’lum qilindi.

O‘zbekiston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, 4 dekabr kuni o‘tkazilgan prezident saylovida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoev saylovchilarning 88,61 foiz ovoz olib, g‘alaba qozongan.

Prezidentga shahodatnoma topshirildi.
Prezidentga shahodatnoma topshirildi.

Qasamyod tarixi

​Sovet O‘zbekistoni rahbarlari lavozimga kirishganida qasamyod ichish rituali bo‘lmagan.

Bu ritualga 1990 yilning 24 martida asos solindi. O‘sha paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi sekretari lavozimida bo‘lgan Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy kengashi tarafidan O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangan edi.

O‘sha paytda O‘zbekiston rahbari hozirgi til bilan aytganda ilk bora qasamyodga keltirildi. Marhum Karimovning o‘zi bu jarayoni "qasamyod ichish” deya ta’riflagan edi.

Mirzoulug‘bek Abdusalomov prezidentlik nishonini Mirziyoevga topshirdi.
Mirzoulug‘bek Abdusalomov prezidentlik nishonini Mirziyoevga topshirdi.

“O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga qasamyod qilaman”.

Keyin chapaklar¸ gulduros qarsaklar. Bu qarsaklardan mutaassir bo‘lgan Karimov yana bir marta qasam ichishni ixtiyor qildi.

“Qasamyod yana bir marta ichmoqchiman. Hammaning¸ hammangizning oldida yana bir bor qasam ichmoqchiman. Siz uchun barcha ishlarni qilaman. O‘zimni ayamayman¸ kerak bo‘lsa jonimni fido qilishga tayyorman”¸ degan edi marhum Islom Karimov.

Каримовнинг 1992 йилдаги қасамëди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:10 0:00

O‘sha kuni odatda ochiq turadigan yo‘lakka kremlcha qizil poyondoz solingan edi¸ deb eslaydi Ismat Xushev.

- O‘shanda birinchi marotaba sessiyada qizil qalin gilamlar to‘shalgan edi. Shu yodimda qolgan. Konstitutsiya qo‘yilgan¸ mikrofon qo‘yilgan minbarga oldin qizil gilamlar yotqizilmas edi. Qalinmas¸ kremlyovskiy dorojka deydi. Ana o‘shandan yurib borgan Islom aka. Yangilanganini o‘shanda sezganman. O‘shandan beri qasamyod o‘qilganida qizil poyondoz solish urf bo‘ldi deya eslaydi Ismat Xushev.

XS
SM
MD
LG