Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:48

Qirg‘iziston Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan shaxsni aniqlashga urinmoqda


Qirg‘iziston rasmiylariga ko‘ra, ular Istanbuldagi tungi klubga hujum qilishda gumonlangan shaxsni aniqlashda Turkiya bilan hamkorlik qilmoqdalar. Ayni paytda, Turkiya matbuotining xabar berishicha, muhtamal hujumchining xotini Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan va hozirda so‘roq qilinmoqda.

Yangi yilga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina nomli klubga uyushtirilgan qurolli hujumda 39 kishi o‘ldirilgan va 69 kishi yaralangan edi.

Istanbulning Zaytunburni mahallasidagi o‘zbeklar yashaydigan uylarda 1 yanvar oqshomida tintuv o‘tkazildi.

"Islomiy davlat" ekstremist guruhi 2 yanvar kuni tarqatgan bayonotida "Xalifalikning askarlari nasroniylar o‘zlarining kufr bayramlarini nishonlayotgan kezda", hujumni amalga oshirdi, deya da’vo qildi.

Turkiya politsiyasiga ko‘ra, qurolli hujumni sodir etgan shaxs hozir ham qidirilmoqda.

Pasportdagi foto va muhtamal hujumchi videosi

Qirg‘iziston Davlat Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi matbuot kotibi Raxat Sulaymonov 3 yanvarda Ozodlik bilan suhbatda ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan pasport fotosi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotganini aytdi.

2 yanvarda ijtimoiy tarmoqlarda ehtimoliy hujumchi ekani taxmin qilingan Qirg‘iziston vatandoshi Mashrapov Yahyoning pasporti tarqalgandi.

Rohat Sulaymonov, xavfsizlik xizmatlari ayni gumonlarni hozirda o‘rganayotganini bildirdi.

- Bu ma’lumotlar chiqishi bilanoq surishtiruv ishlari boshlangan. Mashrapov pasporti topilganidan keyin Qirg‘iziston Xavfsizlik xizmatining Qorasuv bo‘yicha xodimlari uning uyiga borib, tuman xavfsizlik bo‘limiga olib kelib, u yerda so‘roq o‘tkazdi. Bu haqdagi ma’lumotlarni zaruriy tekshiruvlar o‘tkazib bo‘lgandan keyin matbuotga tarqatamiz, - dedi Rohat Sulaymonov.

CNN Turk telekanaliga ko‘ra, politsiya Istanbul nazorat kameralarda qayd etilgan 1000 soatga yaqin videotasvirlarni o‘rganib chiqqan.

Turkiyada chop etiladigan Hurriyet va Karar gazetalari hujumchining O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi ekani taxmin qilinayotgani haqida yozdi.

O‘zbekiston hukumati Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirganlar o‘zbekistonlik bo‘lgani to‘g‘risida Turkiya rasmiylaridan rasmiy ma’lumot olinmaganini ma’lum qildi.

Bu haqda huquq tartibot tuzilmalaridagi manbalariga tayangan holda 2 yanvar kuni Novosti agentligi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda muhtamal hujumchining Istanbul aeroporti chegara nuqtasida tekshiruvdan o‘tayotgani va shahar markazidagi Taqsim maydonida telefon kamerasiga o‘zi va atrofni suratga olib yurganini ko‘rish mumkin.

Турк матбуоти Истанбулдаги ҳужумда гумонланаëтган йигит видеосини тарқатди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:45 0:00

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan pasport fotosi ham muhtamal hujumchiga o‘xshab ketadi.

Qirg‘izistonning Qorasuv shahrida istiqomat qiluvchi Yahyo Mashrapovning o‘zi AKI Press agentligiga Istanbuldagi hujumga ham, videotasvirlardagi shaxsga ham hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Suhbatda Yahyo Masharipov Turkiyaga qatnab, tijorat bilan shug‘ullanishini aytdi.

Qirg‘iziston Davlat Registratsiya Xizmati rahbari, Tayirbek Sarpashev Ozodlik qirg‘iz xizmati bilan suhbatda, muhtamal hujumchiga oid ma’lumotlar o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

- O‘rganyapmiz. Hozir bizga (hujumchining) pasporti va surati kelib tushdi. Hozir tekshirayapmiz. Ma’lumotlarni huquq-tartibot idoralariga ham beramiz, - dedi Tayirbek Sarpashev.

Turkiyaga safar

Turkiya axborot agentliklarining 3 yanvarda xabar berishicha, Istanbul markazidagi tungi klubga hujum qilishda gumonlangan shaxsning xotini Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan va hozirda so‘roq qilinmoqda.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, ayol so‘roq paytida qonli hodisa haqida televideniedan xabardor bo‘lganini aytgan.

Turkiya matbuotining ismi oshkor etilmayotgan ehtimoliy hujumchining xotiniga tayanib xabar berishicha, ular Qirg‘izistondan ikki farzandi bilan 20 noyabrda uchoqda Istanbulga, so‘ngra avtomobilda avval Anqaraga va 22 noyabrda Konyaga safar qilganlar.

Hujumchi oilasi bilan Konya shahrida kirasi oyiga 1,100 turk lirasi (taqriban 300 AQSh dollari) bo‘lgan kvartirani uch oyga ijaraga olgan.

Ehtimoliy hujumchi Konyaga ish topish ilinjida borganini aytgan.

U 29 dekabrda Istanbulga yo‘lga olgani ishoniladi.

Turkiya matbuoti ehtimoliy hujumchi xotinidan "hujumni televizordan ko‘rdim. Erimning IShID a’zosi tugul, uning xayrixohi bo‘lganini ham bilmasdim," degan so‘zlarni iqtibos keltiradi.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, qurolli hujum tafsiloti televidenieda namoyish etilishi ortidan kiraga olingan uy atrofida yashovchilar muhtamal hujumchi haqida politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berganlar.

XS
SM
MD
LG