Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:54

Denovda pensionerlar norozilik namoyishi o‘tkizgani videosi Internetda keng tarqaldi (VIDEO)


O‘zbekistonlik oqsoqollar choyxonada. Illyustrativ surat.
O‘zbekistonlik oqsoqollar choyxonada. Illyustrativ surat.

Videoda iddao qilinishicha,bir necha o‘n denovlik pensioner pensiyalari plastik kartochka orqali emas, naqd berilishini talab qilib tuman hokimiyati binosiga kelgan. Videoda so‘zlagan pensionerlarga ko‘ra, plastikdagi pulni naqdga aylantirib berish uchun 22-27 foiz ustama olinmoqda. Shuning uchun ham pensionerlarning ko‘pchiligi o‘z pullarini uch-to‘rt oydan beri olisholmayapti.

-Xalqni pulini bersinda bular. Qachongacha aldaydi.

-Pulimizni bersin. “Boringlar, beramiz”, deydi, kelsak pensiyamizni bermaydi.

17 yanvar kuni youtube, 18 yanvar kuni esa facebook tarmog‘idagi “Prezident Sh. M. Mirziyoev Tarafdorlari va Qo‘llash Komandasi” guruhi orqali tarqatilgan video pensionerlarning mana shunday so‘zlari bilan boshlanadi.

Videoda iddao qilinishicha,bir necha o‘n denovlik pensioner pensiyalari plastik kartochka orqali emas, naqd berilishini talab qilib tuman hokimiyati binosiga kelgan. Videoda so‘zlagan pensionerlarga ko‘ra, plastikdagi pulni naqdga aylantirib berish uchun 22-27 foiz ustama olinmoqda. Shuning uchun ham pensionerlarning ko‘pchiligi o‘z pullarini uch-to‘rt oydan beri olisholmayapti.

-Pulimizni naqdga aylantirib berish uchun 20 ming so‘mdan olishadi.

-22 foizdan 27 foizgacha ustama so‘rashayapti. Shuning uchun o‘zimizning pulchamizni ololmayapmiz bolajonim.

-Denov hokimligi oldida turibmiz. Plastikdan pensiya pulimizni ololmayapmiz. Mana shu qorako‘zlarning barchasi shuni talab qilib kelishgan. Men Boymurotov Namozbobo bo‘laman, yoshim saksondan oshgan.

Shundan so‘ng videoda tuman hokimi ekani iddao qilingan odamning pensionerlardan qochib ketayotgani aks etgan.

Facebook tarmog‘iga mazkur videoni joylashtirgan “Prezident Sh M Mirziyoev Tarafdorlari va Qo‘llash Komandasi” guruhi asoschisi Baxtiyor Xasan: “Denovda janjal, hokimlar qochyabdi. Xalq esa norozi hokimlardan, chunki eski usulda ishlamokda, - 27%ga nakd kilib beramiz deyishyabdi bankdagi o‘zini odamlari, axir pensiyamku o‘zi ro‘zg‘orga etishmasa, deydi yigilganlar”, deb sharh qoldirgan.

Denov tuman hokimi yordamchisi Ozodlik muxbiri bilan suhbatda hokim 18 yanvar kuni Germaniyaga xizmat safari bilan ketganini aytdi. Hokim yordamchisi Denov pensionerlarining hokimiyat oldidagi norozilik chiqishlari bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotni rad ham etmadi, tasdiqlamadi ham.

Denov tuman hokimi o‘rinbosari Dilmurod Allaberdiev esa bunday voqea bo‘lganini rad etdi.

-Pensiyalar oyma-oy o‘z vaqtida berib borilayapti. Norozlikka hech kim chiqqani yo‘q. Denovda bunday voqea bo‘lmadi. Internetda tarqalgan videoni ko‘raylikchi, biz bundan bexabar ekanmiz,-dedi Dilmurod Allaberdiev.

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida zudlikda tarqab ketgan mazkur videoga munosbat bildirganlar esa, bunday voqea yuz berganiga ishonilishini hamda O‘zbekistonning boshqa tumanlarida ham mana shunday vaziyat hukmron ekanini yozganlar.

O‘zbekiston hukumatining yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida prezident Mirziyoev pensiyalar kechikishi, plastik kartochka siyosati, ortiqcha kadrlar kabi muammolarni sanagan prezident bosh vazirning 2 o‘rinbosariga hayfsan bergan edi.

XS
SM
MD
LG