Линклар

Шошилинч хабар
17 Sentabr 2026, Toshkent vaqti: 16:31

Qoraqalpog‘istonda odamlar Mirziyoev bilan selfiga tushdi (VIDEO)

20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga borgan prezident Shavkat Mirziyoev oddiy aholi vakillari bilan uchrashdi. Ozodlikka yo‘llangan videoda odamlar Mirziyoevni o‘rab olgani va u bilan selfi-suratga tushayotgani aks etgan. Bir hafta avval Mirziyoev Qoraqalpog‘istonga borganida ikki kun piyoda yurib, odamlar bilan uchrashishni va’da qilgan edi.

Juma kuni Qoraqalpog‘istonga borgan Shavkat Mirziyoev safarining birinchi kuni Xo‘jayli, Shumanay, Qanliko‘l, Mo‘ynoq tumanlari va Nukus shahrida bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istondan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Mirziyoev ushbu o‘lkani piyoda kezib, odamlar bilan uchrashish va’dasida turgan.

Ozodlikka yo‘llangan videoda Mirziyoevning Qoraqalpog‘istondagi safari payti oddiy aholi vakillari bilan uchrashgani aks etgan.

Videoda odamlar Mirziyoevni o‘rab olgani va prezident odamlar bilan quchoqlashib ko‘rishayotganini ko‘rish mumkin. Tasvirlarda Mirziyoev yonida uning qo‘riqchilari borligi, lekin ular odamlarning o‘z telefoniga prezidentni suratga olishiga qarshilik ko‘rsatmagani aks etgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, prezident qo‘riqchilari odamlarning Mirziyoev bilan selfiga tushishiga ham qarshilik ko‘rsatmagan.

Қорақалпоғистонда одамлар Мирзиёев билан селфига тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:20 0:00

14 yanvar kungi hukumat majlisida Mirziyoev Qoraqalpog‘istonga safar qilishni rejalayotgani va u yerda ikki kun piyoda yurib odamlar bilan shaxsan uchrashishini aytgandi:

– Kelasi hafta Qoraqalpopog‘istonga borsak, birov meni aldayolmaydi. Ikki kun piyoda yuraman. Qaerda yurishimni biron odamga aytmayman, axborot ham bermayman. O‘zim bilaman. Bolnitsaga kiraman, qishloq vrachebniy punktiga boraman, boshqa joyga kiraman, o‘zim bilaman qaerga kirishni. Uylarga kiraman. Keyin bu yerdagi balandparvoz gaplarni, har bir vazirning aytganlarini o‘sha Qoraqalpog‘istonning har bir rayonida yoki boshqa joyida vertikal tizimni sezishim kerak, - degan edi Mirziyoev.

O‘zA agentligining yozishicha, Mirziyoev safarining ilk kuni Xo‘jayli tumanida markaziy shifoxona, "Muruvvat" ayollar internati, 69-maktab hamda Agrosanoat markazi qurilayotgan uchastka, "Qoraqalpog‘iston" qishloq vrachlik punktiga tashrif buyurgan. Qanliko‘l tumanida musiqa maktabi va “Agroservis MTP” jamiyatiga borgan. Keyin Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi bilan tanishib, Nukusga qaytgan.

Qoraqalpog‘iston mahalliy hukumatida ishlovchi shaxsning Ozodlikka aytishicha, Mirziyoev o‘z safari davomida asosan, vertolyot va avtomobildan foydalangan. Lekin borgan joyida oddiy odamlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.

Mirziyoevga safari davomida O‘zbekiston Bosh vazirining besh o‘rinbosari hamrohlik qildi.

Mahalliy nashrlar xabarlaridan anglashilishicha, Mirziyoev bosh vazirning o‘rinbosarlari zimmasiga ham Qoraqalpog‘istonni piyoda aylanishni yuklagan.

Kun.uz nashriga ko‘ra, Mirziyoev topshirig‘i bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarlarining har biri Qoraqalpog‘istondagi uchtadan tumanda uyma-uy yurib, vaziyatni o‘rganib chiqadi.

Bundan tashqari Mirziyoev bosh vazir o‘rinbosarlariga Qoraqalpog‘iston bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar ham bergan.

Jumladan, bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovga Qoraqalpog‘istondagi har bir xonadonda 100tadan tovuq boqilishini nazorat qilish topshirilgan.

Ochilboy Ramatovga esa Qoraqalpog‘istondagi maktablarni isitish, suv, yo‘l, transport tizimi va kanalizatsiya masalalarini yaxshilash vazifalari yuklatilgan.

XS
SM
MD
LG