Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 22:47

Tramp immigratsiyaga oid farmon ijrosini tiklashdan bosh tortgan sudya qarorini tanqid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi farmon ijrosini qayta tiklashdan bosh tortgan sudya qarorini tanqid qildi.

“Sudya mamlakatimizni mana shunday tahdid ostida qoldirayotganiga ishona olmayman. Agar bir narsa bo‘lguday bo‘lsa, uni va sud tizimini ayblang. Odamlar daryo bo‘lib oqib kelayapti. Yomon!” degan yozuv qoldirda Tramp Tvitterda.

Oldinroq AQSh Federal appelyatsiya sudi Adliya vazirligining prezident Trampning muhojirlarga oid farmoni ijrosini zudlikda tiklash bo‘yicha kiritgan da’vosini qondirmadi. Aksincha, mahkama Tramp ma’muriyatidan farmon chiqarilishiga sabab bo‘lgan asoslarni 6 fevral tushga qadar sudga taqdim etishni so‘radi.

5 fevral kuni San-Fransiskodagi AQSh Federal appelyatsiya sudi Adliya vazirligining prezident Tramp farmoni ijrosini zudlikda tiklash bo‘yicha kiritgan da’vo arizasini qondirmadi.

3 fevral kuni Sietl federal hakami Donald Trampning muhojirlarga oid farmoni ijrosini qisman to‘xtatib qo‘ygan edi.

4 fevral kuni AQSh Adliya vazirligi bu qaror ustidan shikoyat arizasi kiritgan, prezident Tramp esa shikoyat qondirilishiga ishonch bildirgan edi.

Tramp farmoni e’lon qilinganidan buyon nomi taqiq ro‘yxatiga tushgan mamlakatlar fuqarolariga berilgan 100 mingta viza bekor qilindi. AQShdagi aeroportlarda esa yirik norozilik namoyishlari boshlandi.

Aholisi asosiy qismi musumlon bo‘lgan 7 davlat - Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga, qochqinlarning kirishini esa 120 kunga cheklovchi farmonni prezident Tramp 27 yanvar kuni imzolagan va bunga xavfsizlikni sabab qilib keltirgan.

Dastlab bu taqiq Green Card egalariga ham taaluqli edi. Ammo, AQSh va dunyoning qator davlatlarida boshlangan noroziliklar ortidan prezident Tramp farmoniga aniqlik kiritdi va taqiq Green Card egalariga tegishli emas, deb e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG