Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 05:35

Yo‘lovchi kaltaklagan muhojir taksichi: "Hamkasblar, - ehtiyot bo‘ling!"


Abdulhakim Davidov
Abdulhakim Davidov

Moskvada, mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha marta sudlangan shaxsning hujumiga uchragan taksichi-muhojir o‘z hamkasblarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Murojaati Ozodlik orqali Rossiyada ishlab yurgan hamkasblariga etkazilishini so‘ragan Abduhaqimning aytishicha, so‘nggi paytlarda agressiv yo‘lovchilar ko‘paygan.

Tojikistonning Yovon tumanilik 26 yashar Abdulhakim Davidov 7 yildan buyon Rossiya poytaxtida taksichilik qilib keladi.

Ozodlikning Moskvadagi tahririyatiga murojaat qilgan bu yigit yakshanba, 5 yanvarga o‘tar kechasi millatchi shaxs hujumiga uchraganini gapirib berdi.

- U bolani aytgan yeriga olib bordim - Kutuzovskiy prospektdan Stroginoga. Ortiqcha gap gapirgani yo‘q, qo‘lida pivo baklashkasi bor edi. Uyini oldiga olib borgan edimki, “Baklashkani ushlab tur”, dedi. Men o‘yladimki, pul beradi. Kissasini kovladida, pichoq olib urdi-da. Besh yerimga pichoq uribdi. Ham mast edi, ham manyak ekanmi... Men mashinadan chiqdim, u ham qo‘lida pichoq bilan chiqdi. Bir tashlandi, men pivo qutisini olib himoyalandim. Qoshimning ustidan pichoq bilan kesib olibdi. Birdan u bosildi-da, pichoqni tashladi. Keyin politsiya, “skoriy”ga telefon qildim. Politsiya kelguncha yotqizib, bosib ushlab turdim, deydi Adbulhaqim.

Абдулҳаким билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:39 0:00
Бевосита линк

Shifoxonada Abduhakim peshonasidan, jag‘idan, yelkasidan, qo‘lidan va bo‘ynidan pichoqlangani aniqlandi. Moskvaning Kuntsevo tuman politsiya bo‘limida uni urgan shaxs 1996 yilda tug‘ilgan, rus millatiga mansub moskvalik ekani, muqaddam ikki marta sudlangani va hozircha hujum sabablarini hech qanday tushuntirmayotganini gapirishmoqda.

Kunsevo politsiyasi mulozimining Ozodlikka bildirishicha, taksi haydovchisini pichoqlagan shaxs 5 fevralda ikki sutkaga ushlangan va 6 fevral kuni uni dastlabki tergov uchun hibsga olish to‘g‘risida sud qarori chiqishi kutilayotgan edi.

Politsiya hujumchining ism-familiyasini ochiqlamadi.

Shifoxonadan chiqib uyida davolanayotgan Abdulhakim o‘z yurtiga ketishga hozirlanayotgani - uyda uni keksa onasi, rafiqasi va uch farzandi kutayotganini aytdi.

Yo‘lovchi Abdulhakimga bir necha marta pichoq urgan
Yo‘lovchi Abdulhakimga bir necha marta pichoq urgan

U, shuningdek, Moskvada haydovchilik, ayniqsa taksichilik qilayotgan hamkasblariga ehtiyot bo‘lib yurishni, o‘zini himoyalaydigan vositalarni olib yurishni tavsiya qildi.

Suhbatdosh yirik shaharlarda taksichilik qilib, millatchi, agressiv yoki shunchaki mast holatda bo‘lgan yo‘lovchilar hujumiga uchramagan taksichilar bo‘lmasa kerak, deydi.

- Peshonamdan urgan, hozir ko‘zimni oldi shishib ketgan. Kecha ko‘z ochilmayotgan edi – bugun ancha durust. U bolani olib kelishdi, mendan tilxat olishdi, zayavlenie yozdim. Shukur qilaman – ko‘zga tegmabdi, yurakka urmagan. Bo‘yin qiyshayib, bir tarafga tortilib qolgan edi. Ko‘rinishidan xuliganga o‘xshamaydi, spokoyniy bola edi – birdan pichoq solib qoldi. 2012 yilda bir marotaba mashinada tahdid qilishganda, kalitni olib qochishga ulgurgan edim.

Otam nima bo‘lganini aytib beribdilar – onam qo‘ymayaptilar. Bugun bilet oldim samolyotga – uyga uchib ketayapman. Hozir 75 foiz taksichilar bizning tojik-o‘zbek-qirg‘iz bollar. Aytmoqchimanki, yozing, “Bolalar, ehtiyot bo‘lib yuringlar!”, dedi Abdulhakim.

Moskvadagi "Sova" tahliliy-kuzatuv markazi so‘nggi yillarda Rossiyada irqchilik-millatchilik asosidagi jinoyatlar soni oldingi yillarga nisbatan kamayib borayotgan bo‘lsada, jamiyatda irqchilik va millatchilik kayfiyati so‘nmaganiga e’tibor qaratib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG