Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 22:51

Mirziyoev 5 yilda O‘zbekistonda siyosiy raqobatni, liberallashgan iqtisodni va adolatli sudlov tizimini shakllantirmoqchi


Sirg‘ali yo‘nalishida qurilishi rejalangan metro bekatlaridan birining eskizi.
Sirg‘ali yo‘nalishida qurilishi rejalangan metro bekatlaridan birining eskizi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Normativ-huquqiy aktlar portaliga 18 yanvarda muhokama uchun joylashtirilgan hujjatda besh yo‘nalishda islohotlarni amalga oshirilishi qayd etilgan.

O‘zbekiston qo‘shnilar bilan aloqani yaxshilaydi va barqaror rivojlanish uchun xavfsizlik hududini yaratadi

O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasida davlat boshqaruvini, sud-huquq tizimini modernizatsiyalash, iqtisodni liberallashtirish, ijtimoiy sohani va tashqi siyosat prinsiplarini isloh etish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, strategiyada O‘zbekiston atrofida xavfsizlik muhitini yaratish, qo‘shnilar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi imidjini oshirish qayd etilgan.

Mazkur strategiyani amalga oshirish uchun maxsus milliy komissiya tashkil etiladi. Milliy komissiyaga prezidentning o‘zi boshchilik qiladi. Startegiya bosqichma-bosqich besh yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi”, deyiladi prezident farmoniga berilgan rasmiy sharhda.

Sud mustaqilligini ta’minlash, iqtisodni liberallashtirish asosiy maqsadlardan biri

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

Strategiyaning “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” qismida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish nazarda tutilgan.

Shuningdek, startegiyada “Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish” va’da qilingan. “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash” ham strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ta’kidlanadi.

Iqtisodni liberallashtirshi sohasida esa “printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish”, “iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish” belgilangan.

Bundan tashqari turizm sohasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Media haftalik: Pensiyalar naqd pulda to‘lanadi, oliygohlar kvotasi oshiriladi

O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi Toshkentda bir hafta davomida o‘tgan “Media haftalik”da davlat idoralari, matbuot va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Haftalik doirasida turli vazirliklar va davlat idoralari strategiyadan kelib chiqqan holda yaqin kelajakdagi faoliyatlarini jamoatchilikka e’lon qildi. Jumladan, O‘zbekiston hukumati ishlayotgan pensionerlarga nafaqa pullarini to‘liq miqdorda to‘lash masalasini ko‘rib chiqishi ham ma’lum qilindi.

Bu xabar e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay, prezident Mirziyoev 2 fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Qarorda aytilishicha, pensiyalar har oyning 27-sanasidan kechiktirilmay berilishi shart. Shuningdek, qarorda talabalarga stipendiyaning 50 foizi naqd pul shaklida berilishi ham belgilangan.

Bundan tashqari O‘zbekistondagi 58ta tog‘li va olis tumanlardagi byudjet korxonalarida ishlovchi shaxslarning oylik ish haqlari, ijtimoiy to‘lovlar va boshqa to‘lovlar faqat naqd pul shaklida amalga oshirilishi shart ekani to‘g‘risida ko‘rsatama berilgan.

Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev esa Media haftalikda O‘zbekistonda 2021 yilgacha oliy o‘quv yurtlariga talabalarni qabul qilish kvotasi 18 foizga oshiriladi, deb e’lon qildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bakalavrlarni tayyorlash uchun kvota miqdori 57 907 o‘rinni tashkil etadi va bu miqdor ko‘p yillardan beri o‘zgarmay qolmoqda. Oliy ta’lim olish istagidagi yoshlar soni esa ko‘payib bormoqda.

Masalan, o‘tgan yili O‘zbekiston oliygohlariga 663 mingdan ko‘proq abiturient hujjat topshirgan. Bu esa har bir talaba o‘rniga 11 nomzod to‘g‘ri kelganini anglatadi.

O‘zbekistonda 59 ta oliygoh va xorij davlatlari universitetlarining 8ta filiali mavjud.

XS
SM
MD
LG