Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:08

"Somon Eyr" kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkasblaridan uzr so‘radi


Tojikistondagi “Somon Eyr” aviakompaniyasining tijoriy direktori Alisher Rustamov Toshkentga parvoz amalga oshmagani uchun lavozimidan chetlatildi.
Tojikistondagi “Somon Eyr” aviakompaniyasining tijoriy direktori Alisher Rustamov Toshkentga parvoz amalga oshmagani uchun lavozimidan chetlatildi.

Tojikistondagi “Somon Eyr” aviakompaniyasining tijoriy direktori Alisher Rustamov va boshqa mas’ul xodimlar Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 20 fevral kungi birinchi parvozning amalga oshmay qolishi munosabati egallab turgan lavozimidan chetlatildi. Ayni paytda kompaniya yo‘lovchilardan hamda o‘zbekistonlik hamkasblaridan uzr so‘radi.

Bu haqda kompaniya matbuot uchun xabarnomasida ma’lum qilingani to‘g‘risida Ozodi radiosi xabar qildi.

Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 20 fevralga rejalashtirilgan uchoq parvozi O‘zbekiston tomonining aybi bilan amalga oshmagani to‘g‘risida dushanba kuni "Somon Eyr" kompaniyasi xabar qilgan edi.

20 fevralga rejalashtirilgan parvoz Dushanbe bilan Toshkent o‘rtasida mo‘ljallangan muntazam qatnov doirasida “Somon Eyr” kompaniyasi amalga oshiradigan birinchi reys bo‘lishi, unda Dushanbedan Toshkentga 26 yo‘lovchi uchishi kerak edi.

“Somon Eyr” aviakompaniyasi 21 fevral, kunning ikkinchi yarmida e’lon qilgan xabarnomada aytilishicha, “kompaniya rahbariyati sodir bo‘lgan voqea yuzasidan o‘z surishtiruvini o‘tkazgan va “Somon Eyr” tomonidan tegishli hujjatlar to‘plami O‘zbekiston tomoniga o‘z vaqtida jo‘natilmaganini aniqlagan. Yuzaga kelgan vaziyat uchun mas’ul tijoriy direktor Alisher Rustamov yetakchiligidagi barcha shaxslar jazolandi va lavozimlaridan chetlatildi”.

“Somon Eyr” aviakompaniyasi bayonotida, shuningdek, ikki aviakompaniya - "Somon Eyr" va "O‘zbekiston havo yo‘llari" o‘rtasida barcha tashkiliy masalalar hal qilinayotgani, Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi parvozlar yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilayotgani aytilgan, deb xabar qildi Ozodi radiosi.

Dushanbe va Toshkent orasidagi aviaparvozlar bundan 25 yil muqaddam - 1992 yilda, Tojikistonda bo‘lgan fuqarolar urushi tufayli bekor qilingan edi.

XS
SM
MD
LG