Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:12

Oq uyga taqdim etilgan "Ukraina tinchlik rejasi"ni tanilmagan ukrain deputati tayyorlagan


 Andriy Artemenko (o‘ngda)
Andriy Artemenko (o‘ngda)

Tramp ma’muriyatiga taqdim etilgan Ukrainada tinchlik o‘rnatish rejasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Mazkur rejada Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi evaziga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, uni unchalik tanilmagan ukrain deputati yozgan.

Radikal partiya deputati Andriy Artemenko o‘zining tinchlik rejasini Rossiya prezidentining maslahatchilari ma’qullaganini iddao qildi. Ammo 20 fevral kuni Kremlь buni darrov rad etdi.

Bu haqda birinchi bo‘lib xabar bergan The New York Times gazetasiga ko‘ra, mazkur reja Tramp atrofidagi bir necha shaxs qo‘lidan o‘tib, Maykl Flinn qo‘liga yetib borgan. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimida 24 kun ishlagan Flinn o‘tgan haftada AQShdagi Rossiya elchisi bilan suhbatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot bergani oshkor etilishi ortidan iste’fo bergan edi.

Artemenkoning Radikal partiyadagi sheriklari tezda o‘zlarini uning taklifidan uzoqlashtirdilar. 20 fevral kuni Artemenko Radikal partiyadan chiqarib yuborildi. Partiya yetakchisi Olex Lyashko Artemenkoni parlamentdan chetlatishga chaqirdi va: “Rossiya – agressor, Rossiya – bosqinchi, Rossiya Ukrainadan chiqib ketishi kerak. Artemenko taklifi uning shaxsiy pozitsiyasidir”, dedi.

The New York Times gazetasisida yozilishicha, Artemenkoda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko qo‘l urgan korrupsiya bo‘yicha dalillar bor. Deputatning aytishicha, uning qo‘lidagi dalillar Poroshenkoni ag‘darishga yordam beradi.

Artemenkoning hatti-harakatlari Ukraina rasmiylari g‘azabini keltirdi.

Poroshenkoning matbuot kotibi Ozodlik radiosi bilan suhbatda prezident qo‘l urgan korrupsiya haqida dalil-isbot taqdim etilmagunicha biror sharh berishdan bosh tortdi. Boshqalar esa Artemenkoning ustidan kulmoqda.

Ukrainalik taniqli jurnalist Kristina Berdinskix: “Agar Tramp ma’muriyati Artemenko bilan chindan hamkorlik qilayotgan bo‘lsa, ular ahmoq ekanlar”, dedi.

AQSh tarafi Artemenko taklifi olingani yoki Oq uy uni jiddiy ko‘rib chiqayotganini rasmiy tadiqlagani yo‘q.

The New York Times gazetasiga ko‘ra, Trampning shaxsiy huquqshunosi Maykl Koen Artemenko tashabbusini Flinnga yetkazib berishda muhim rol o‘ynagan.

Artemenko tashabbusida Ukrainada Qrimni Rossiyaga 30-50 yilga lizingga berish bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif qilingan.

Donbass masalasi bo‘yicha esa siyosatchi ayirmachilar Ukrainaga qaytishi kerakligini va ular afv etilishi kerakligini taklif qilgan. Artemenko rejasi bo‘yicha, buning ortidan sharqiy viloyatlarga maxsus avtonom status berish bo‘yicha milliy referendum o‘tkazish kerak. Agar xalq buni ma’qullasa, Rossiya Qrim uchun to‘lagan mablag‘ yordamida viloyatlarni rivojlantirish kerak.

XS
SM
MD
LG