Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

General Do‘stumning Kobuldagi uyini harbiylar qurshab oldi


Do‘stumning Kobuldagi uyi harbiylar qurshovida
Do‘stumning Kobuldagi uyi harbiylar qurshovida

Afg‘oniston vitse-prezidenti general Abdurashid Do‘stumning poytaxt Kobuldagi uyini harbiylar qurshab oldi.

Shaharning Shahrinav mavzesining general uyi joylashgan qismi bo‘lgan Kobuldagi muxbirimiz Olim Ko‘hkanning aytishicha, Abdurashid Do‘stum mahallasiga, taxminan, 600 nafardan 1000 nafargacha harbiy tashlangan. Bundan tashqari, bir necha tank ham ko‘zga tashlanmoqda.

Muxbirimizga ko‘ra, buning sabablari hozircha noma’lum va davlat idoralari bu borada biror izoh bermayotir.

Ammo, Ozodlik muxbiri olgan ba’zi norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq muddat ishxonasida ko‘rinmagan general Do‘stum 20 fevral kuni bir necha qurollangan askari bilan ishxonasiga borgan va uning bu o‘zboshimcha harakati uning uyi qurshovga olinishiga sabab bo‘lgan. Bu ma’lumot ham hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Muxbirimiz bilan quyidagi suhbatda voqea tafsilotlariga doir qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishasiz:

Генерал Дўстумнинг Кобулдаги уйини ҳарбийлар қуршаб олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:51 0:00
Бевосита линк

Eslatamiz, Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdurashid Do‘stumning siyosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Ahmad Ishchi general va uning qo‘riqchilari uni kaltaklagani, kiyimlarini yechib, unga nisbatan jinsiy tajovuz mimikasini qilganini iddao qilgan.

Buning ortidan jinoyat ishi ochilgan, Afg‘oniston Bosh prokuraturasi generalning 9 tan soqchisini hibsga olishga order bergan, generalning o‘zini esa tergovga chaqirgan edi.

Hozir ma’lum bo‘lishicha, general Do‘stum prokuraturaning barcha chaqiriq va talablarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

​Muxbirimiz voqeani kuzatmoqda. Yangiliklarni saytimizda kuzating!

XS
SM
MD
LG