Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:26

Muhammad Bekjon 18 yillik qamoqdan so‘ng ozod qilindi


Muhammad Bekjon ozodlikka chiqqanidan yarim soat o‘tib telefonda Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashmoqda.
Muhammad Bekjon ozodlikka chiqqanidan yarim soat o‘tib telefonda Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashmoqda.

18 yil O‘zbekiston qamog‘ida o‘tirgan jurnalist, 63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo muddati to‘la o‘talgani ortidan 22 fevral kuni qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda uning yaqinlari Ozodlikka bildirdi. 2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga qo‘shimcha ayblar qo‘yilib (raskrutka) jazo muddati 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi. Bu muddat tugashi bilan Muhammad Bekjon Zarafshondagi jazoni ijro etish maskanidan ozod qilindi.

Siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 22 fevral kuni peshinga yaqin Zarafshon qamoqxonasidan ozod qilingan.

U yerda mahkumni akasi Komil va Jumanazar Bekjonlar kutib olishgan.

Muhammad Bekjon ozodlikka chiqqanidan yarim soat o‘tib Ozodlik muxbiri bilan suhbatda kayfiyati yaxshi ekani, akalari bilan Xorazmdagi qarindoshlarini uyiga ketayotganini aytdi.

Муҳаммад Бекжон билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:17 0:00
Бевосита линк

Muhammad Bekjonning AQShda yashovchi qizi Oygul Bekjon otasining qamoqdan ozod etilgani haqda Facebook sahifasida: "U hech narsa uchun umrining 18 yilini yo‘qotdi. Ha u ozod bo‘ldi... lekin ko‘p narsani yo‘qotdi!!!. Men u o‘z hayotini qayta tiklashi uchun duo qilaman!", deb yozdi.

Muhammad Bekjonning yana bir qizi Inna Facebook sahifasida otasining ovozini bugun birinchi marta eshitgani haqda yozdi.

"U tezroq Amerikaga, bizni yonimizga kelishini va biz bilan birga bo‘lishini orziqib kutyapman", - deb yozdi Inna Bekjon.

Muhammad Bekjon "Erk" demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solihning ukasi va «Erk» gazetasining sobiq bosh muharriri bo‘lgani uchun uzoq yillardan beri qamoqda qolayotgani huquq himoyachilari tarafidan aytib kelinadi.

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va tergov paytida qiynoqqa solinganini bildirgan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga uydirma ayblar qo‘yilib jazo muddati 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi, bu muddat 2017 yilning fevralida, ya’ni ikki oydan so‘ng tugashi kerak edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil 29 oktabr kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashgan va Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha shu uchrashuvda siësiy mahbuslarni ozod qilish masalasi ko‘tarilgan.

Bu uchrashuvdan uch hafta o‘tib 24 yildan beri tutqunlikda qolayotgan Samandar Qo‘qonov 24 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan edi.

Ikki siyosiy mahbusning ozod etilganligini AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi olqishlab bayonot chiqargan va qolgan siyosiy mahkumlarning ham ozod etilishiga umid bildirgandi:

"Biz, shuningdek, 2016 yil oktabr oyida inson huquqlari faoli va “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati bo‘limi rahbari Bobomurod Razzoqovning ozodlikka chiqqanini olqishlaymiz. Biz janob Qo‘qonov hamda janob Razzoqovning ozod etilishiga ijobiy qadamlar deb qaraymiz va O‘zbekiston hukumatini mahbuslarni kelgusida ham ozod etish uchun davomiy ravishda amnistiya qo‘llashga chaqiramiz", deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.

Ayni paytda¸ O‘zbekiston qamoqxonalarida siyosiy va kasbiy faoliyati uchun jazolangan qator muxolifat faollari va jurnalistlar qolmoqda.

Ular orasida Yusuf Ro‘zimurodov¸ Solijon Abdurahmonov, A’zam Farmonov, Dilmurod Saidov, A’zam Turg‘unov kabi jurnalist va huquq himoyachilari shular jumlasidandir.

XS
SM
MD
LG