Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:49

O‘zbek adiblari Prezidentdan Mamadali Mahmudovni reabilitatsiya qilishni so‘radi


Mamadali Mahmudov
Mamadali Mahmudov

“Evril Turon tom ma’nodagi elsevar, tug‘ma iqtidorli adib, zakovatli inson. O‘tgan asrning birinchi yarmida bosqinchilar tomonidan “ Bosmachilik harakati” deb atalgan manfur qarashga qarshi Evril Turon “Tumanli kunlar” (“Bog‘don qashqiri”) otli qissa yozdi. Ushbu qissasida u millat ozodligi uchun kurashgan mardlarni Vatan qahramonlari sifatida tarannum etdi. Asl bosmachilar esa bosqinchilar ekanligini badiiy obrazlar orqali bayon qildi”, deyilgan bir guruh o‘zbek adiblari imzolab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga yo‘llangan murojaatnomada.

Evril Turon - yozuvchi Mamadali Mahmudovning adabiy taxallusi.

Murojaatnomani yozish tashabbuschilaridan biri, adib Hamroqul Asqarning Ozodlikka aytishicha, hujjatni Shukrullo, Jamol Kamol, Halima Hudoyberdieva, Isfandiyor, To‘ra Mirza, Dilorom Isoqova va boshqalar – hammasi bo‘lib 14 kishi imzolagan.

Davlat rahbariga murojaat qilgan shoir-yozuvchilar yurt ozodligi, erki, qaramsizligi uchun kurashgan va bu qutlug‘yo‘lda “Vatan xoini” degan tuhmat bilan otilgan yozuvchilar – Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriylarni endi afsus, armon bilan eslayotganlarini, ularni yovuz kuchlardan saqlab qololmaganlariga endi achinayotganlarini, o‘kinayotganlarini e’tirof etarkanlar, Mamadali Mahmudov masalasiga to‘xtalib, “Biz ishonamiz, Sizning marhamatingiz bilan 74 yoshni qarshilayotgan dunyo oydinlari e’tirof etgan ulkan adibimiz Evril Turon ( Mamadali Mahmudov) ham oqlanib, reabilitatsiya qilinadi”, deb ishonch bildirganlar.

Murojaatnoma mualliflari fikricha, reabilitatsiya qilinishi kerak adiblar, jurnalistlar ro‘yxati uzundir. "Yusuf Juma, Ismat Xushev, Safar Bekjon kabi adiblar allaqachonlar oqlanib, reabilitatsiya bo‘lishlari kerak edi", deyiladi murojaatnomada.

Ozodlik murojaatnomani imzolaganlardan biri, adib Hamroqul Asqarni suhbatga tortdi.

Ҳамроқул Асқар билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

Evril Turon taxallusi bilan 1980-90 yillarda jamoatchilikka keng tanilgan o‘zbek yozuvchisi Mamadali Mahmudov 14 yillik qamoq jazosini o‘tab, 2014 yilning 19 aprelida ozodlikka chiqqan edi.

Taniqli adib 1999 yilda Toshkentda yuz bergan portlashlarga aloqadorlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan.

Ammo bunga qadar ham bu yozuvchi ikki marta qamoqqa tashlangan.

Mamadali Mahmudov O‘zbekiston mustaqilligi uchun sovet davrida kurashgan yorqin siyosatchilardan biri sifatida e’tirof qilinadi.

Uning “O‘lmas qoyalar” asari sovet davrida taqiqlab qo‘yilgan edi.

Mazkur roman fransuz tilida nashr etilgan. Adibning asarini Filipp Frizon fransuz tiliga tarjima qilgan.

1981 yilda "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan "O‘lmas qoyalar" romani Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, turkiy xalqlarning Rossiya bosqiniga qarshi kurashiga bag‘ishlangan.

XS
SM
MD
LG