Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:56

Xalq bilan muloqot? Soliqchilar nogirondan ikki qop guruchini olib qo‘ydi


Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot shahrida ish topolmay¸ to‘rt farzandiga yordam deb ikki qop guruchni pullash uchun bozorga olib chiqqan nogiron Odil aka tuman soliqchilari o‘tkazgan reyd nishoniga aylangani va farzandlari rizqini soliq inspektorlari tortib olgani haqda Ozodlikka shikoyat qildi. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi mulozimlari esa odamlar o‘z tomorqasidagi maxsulotni bozorga olib chiqib sotsa patent kerak emasligi, agar guruch yoki boshqa qishloq-xo‘jaligi maxsuloti tomorqasida yetishtirilmagan bo‘lsa sotuvchi patent olishi kerakligi, aks xolda maxsuloti musodara etilishi mumkiligini aytishdi.

To‘rt farzandning otasi Odil aka ikki qop guruchni sotish uchun bozorga chiqqanida qisqa vaqt ichida soliq inspektorlarining nazariga tushgani va patenti yo‘qligi sabab guruchini inspektorlar tortib olganini aytdi.

- Ikki qop 123 kilolik guruchni sotib bolalarimga kiyim-kechak olaman, deb bozorga borganimda ikki yigit kelib, “biz tuman soliq inspektorlarimiz, senda patent yo‘q”, deb turib ikki qop guruchimni olib qo‘ydi. Qandaydir hujjatga qo‘l qo‘ydirishdi, keyinroq guruchingni qaytarib beramiz”, deyishdi-da g‘oyib bo‘lishdi. Inspeksiyaga borsam guruch ham yo‘q, haligi bollar ham yo‘q, - deydi qoraqalpog‘istonlik Odil aka.

Ozodlik mazkur xolat yuzasidan O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi axborot-maslahat markazidan izoh so‘radi.

Qo‘mita huquqiy maslahatchisi Ozodlik bilan suhbatda chakana savdoni amalga oshiruvchi shaxs agar o‘zini tomorqasidagi maxsulotni bozorga olib chiqib sotsa patent kerak emasligi, agar guruch yoki boshqa qishloq-xo‘jaligi maxsuloti tomorqasida yetishtirilmagan bo‘lsa sotuvchi patent olishi kerakligini aytdi.

- Guruch o‘zini tomorqasida yetishtirilganini isbotlab bersa bemalol patentsiz sotaverishi mumkin. Mahalladan “ha tomorqasida guruch ekadi” degan spravka bo‘lsa bozorga boradi, joy olib va sotaveradi. Agar shunday hujjati bo‘lmasa bu tadbirkorlik faoliyatiga kirib ketadi va patent olishi kerak bo‘ladi. Agar patenti bo‘lmasa maxsulotini musodara etishga soliq inspektorlarini haqqi bor, - dedi O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi axborot-maslahat markazi huquqiy maslahatchisi.

Odil aka esa bozorda o‘nlab odam hech qanaqa patentsiz, hujjatsiz guruch sotib o‘tirgani, ular soliq inspektorlari nazaridan chetda qolayotganini aytadi.

- Bozorda o‘ttizdan ortiq guruch sotuvchilari bor. Shulardan bittasida patent bor. O‘sha paytda yonimda 200 ming so‘m bo‘lsa va shuni berganimda guruchimni olib qo‘yishmasdi. Keyin bilsam bozorga yangi kelganlarni eski sotuvchilar konkurent deb, soliqchilarga chaqib berishar ekan. Atiga ikki qop guruch uchun patent ololmaymanku, - deydi Odil aka.

O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi axborot-maslahat markazi huquqiy maslahatchisi esa: “yarim qop bo‘ladimi, o‘n qop bo‘ladimi, sotish uchun patent olish zarur, aks xolda sotuvchi maxsulotidan maxrus qolishi mumkin”, dedi.

O‘zbekiston bozorlarida tekshirishga kelgan soliq inspektorlari va sotuvchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar tez-tez ro‘y beradi.

Soliqchilar hujjatlari joyida bo‘lmagan sotuvchilarning guruchlarini savdo rastasidan olib ketishga harakat qiladi.

Shu yilning aprel oyida Jizzaxda uch bolasini boqish uchun qarzga olgan 110 kilogram guruchni bozorga olib chiqqan kambag‘al ro‘zg‘orboshi viloyat soliqchilari o‘tkazgan reyd nishoniga aylangani, gurchi musodara etilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG