Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:21

Amerika kinoakademiyasi "Oskar"larini topshirish marosimida mojaro chiqdi


26 fevral kuni Amerika kinoakademiyasining “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rejisser Barri Jenkinsning Moonlight (“Oy nuri”) filmi “Eng yaxshi film”, eronlik rejissyor Asg‘ar Farhodiyning The Salesman (“Sotuvchi”) filmi “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyalarida g‘olib chiqdi.

Sovrinlarni topshirish marosimi davomida olib boruvchi Fey Danauey adashib La La Land (“La-La Lend”) filmi g‘olib chiqqanini e’lon qildi. Film ijodkorlari mukofotni olib bo‘lganidan keyin aslida Moonlight g‘olib chiqqani e’lon qilindi.

Bungacha marosim muammosiz ketayotgan edi. Ammo bu yilgi marosim siyosiy izohlar hamda AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati tanqidiga boy bo‘ldi.

Farhodiy Trampning Eron bilan bir qatorda yana olti musulmon davlat fuqarolarini AQShga kiritmaslik bo‘yicha chiqargan qarori tufayli marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi. "Oskar"ni uning o‘rniga eronlik muhandis Anosheh Ansariy qabul qilib oldi.

The Salesman Tehron hayoti tasvirlangan drama bo‘lib, unda yolg‘iz qolganida hujumga uchraydigan ayol va uning turmush o‘rtog‘i hayoti haqida hikoya qilinadi.

Moonlight filmi esa giyohvand onasi qo‘lida ulg‘ayotgan mayamilik o‘smirning hayoti haqidadir.

14 nominatsiya bo‘yicha "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan La La Land myuzikli ularning 6 ta "Oskar" yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Suriyadagi urush haqidagi The White Helmets (“Oq kaskalar”) qisqa hujjatli filmi ham “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Manchester by the Sea (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”) hamda Fences (“To‘siqlar”) filmlari ham turli nominatsiyalarda “Oskar” mukofoti bilan taqdirlandi.

XS
SM
MD
LG