Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:31

Tramp NATOni qo‘llashni va AQSh armiyasi byudjetini oshirishni va’da qildi


Donald Tramp Kongressning umumiy yig‘inida ilk bor nutq so‘zladi. 2017 yil, 28 fevral.
Donald Tramp Kongressning umumiy yig‘inida ilk bor nutq so‘zladi. 2017 yil, 28 fevral.

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOni yaqindan qo‘llab-quvvatlashini bildirib, armiya uchun ajratiladigan mablag‘ ko‘lamini oshirishga chaqirdi.

28 fevral kuni Kongressning umumiy yig‘inida ilk bor so‘zga chiqqan Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida bergan va’dalarini takrorladi. Prezident Amerika shaharlari e’tibordan chetda qalayotgani, amerikalik ishchilar aziyat chekayotgani, tibbiy xizmatlar narxi o‘sayotgani, AQSh infratuzilmasi nurayotgani hamda immigrantlar qo‘l urayotgan jinoyatlar soni ko‘payayotganini ta’kidladi.

Prezident o‘z nutqi davomida tashqi siyosat bo‘yicha rejalariga batafsil to‘xtalmadi. Tramp “radikal islomiy terrorizmni”, xususan, “Islom davlati” jangari guruhini tor-mor qilishga chaqirdi.

“Mudofaa vazirligiga qonunga bo‘ysunmaydigan, turli e’tiqod va qarashlarga ega musulmonlar va xristianlarni, erkaklar, ayollar, bolalarni qirib kelayotgan, vahshiylardan iborat bo‘lgan IShIDni barbod qilib, yo‘q qilish rejasini tuzib chiqishni buyurdim. Biz hamkorlarimiz, jumladan, musulmon dunyosidagi do‘stlarimiz va hamkorlarimiz bilan mazkur qabih dushmanni sayyoramiz yuzidan yo‘q qilish uchun kurashamiz”, dedi prezident.

O‘tgan yilgi saylov kampaniyasi davomida Tramp NATOning o‘zining birorta a’zosiga qilingan hujumni butun blokka qilingan hujum o‘laroq ko‘rish siyosatini tanqid qilgan edi.

Bu esa harbiy blokning ko‘plab a’zosini xavotirga soldi. Kechagi nutqi davomida prezident NATO a’zolarining ko‘nglini xotirjam qilishga urindi. Ammp Tramp a’zo mamlakatlar blok xarajatlarini teng bo‘lishish uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligi haqidagi qarashlarini takrorladi.

“Biz NATO – fashizmni qulatgan ikki jahon urushi, kommunizmni enggan Sovuq urush rishtalari orqali tuzilgan alyansni yaqindan qo‘llaymiz”, dedi u.

Biz hamkorlarimiz – ular NATOda bo‘ladimi, Yaqin Sharq yoki Tinch okeanida bo‘ladimi – strategik hamda harbiy amaliyotlarda to‘g‘ri va ma’noli rolь o‘ynashlarini, xarajatlarni qoplashda o‘z hissalarini qo‘shishlarini istaymiz”, dedi Tramp.

Ammo Tramp Rossiya, Ukraina mojarosi, Suriyadagi urush, Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va AQSh o‘rtasida yuzaga kelgan tanglik va boshqa mojarolar haqida hech nima demadi.

Tramp o‘z nutqini keyingi paytda yahudiylarga qilinayotgan tahdidlarni hamda Kanzasda hindistonlik muhojirlarni mo‘ljalga olgan otishmani qoralashdan boshladi. Prezident yana xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan huquq-tartibot idoralari xodimlarini yodga oldi.

Tramp yana harbiy harajatlar ko‘lamini oshirishini ta’kidladi.

“Men Kongressga armiyani qayta tuzuvchi, mudofaa byudjetidagi yetishmovchiliklarni bartaraf etuvchi hamda Amerika tarixida ko‘rilmagan darajada milliy mudofaa xarajatlari ko‘lamini oshiruvchi byudjetni yuboraman”, dedi prezident.

XS
SM
MD
LG