Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

Hollandiyaning ING banki ham O‘zbekistondagi pora janjaliga aloqador bo‘lib chiqdi


Hollandiyaning bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan eng yirik xalqaro banklaridan biri – ING moliya korporatsiyasi O‘zbekistondagi korruptsiya janjali yuzasidan davom etaëtgan xalqaro tergov markaziga tushgan navbatdagi G‘arb shirkati bo‘ldi.

Hollandiya prokuraturasi 22 mart kuni ING korporatsiyasining O‘zbekistondagi pul yuvish va korrupsiya amaliyotlariga aloqadorligi yuzasidan borayotgan jinoiy ish bank uchun katta miqdordagi jarima bilan yakunlanishi mumkinligini e’lon qildi.

Hollandiya prokuraturasi matbuot kotibi Marieke van der Molen Ozodlik bilan 23 mart kungi telefon suhbatida mamlakatdagi yirik moliya korporatsiyasining “noodatiy pul o‘tkazish amaliyotlari haqida ma’lum qilmagani¸ aniqrog‘i¸ vaqtida ma’lum qilmaganini” bildirdi.

ING banki bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan VimpelCom telekommunikatsiya shirkatining O‘zbekistondagi faoliyati yuzasidan borayotgan tergov doirasida prokurorlar nazariga tushdi.

ING uchun qimmatga tushaëtgan 184 million dollarning Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar¸ xususan¸ uning shaxsiy ërdamchisi bo‘lgan Gayane Avakyanga oid offshor shirkati hisobiga o‘tkazilgani taxmin qilinmoqda.
ING uchun qimmatga tushaëtgan 184 million dollarning Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar¸ xususan¸ uning shaxsiy ërdamchisi bo‘lgan Gayane Avakyanga oid offshor shirkati hisobiga o‘tkazilgani taxmin qilinmoqda.

Aytilishicha¸ VimpelCom shirkati aynan ING banki orqali O‘zbekiston yuqori rahbariyatiga aloqador shaxsga oid shirkatga 184 million dollar pul o‘tkazgan. Prokuratura rasmiysi¸ gap marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va unga aloqador ko‘riladigan Takilant shirkatining Yevropa telekom shirkatlari¸ xususan¸ VimpelCom bilan oldi-berdisiga oid ekaniga oid savolga hozircha aniq javob bermadi. (Hollandiya prokuraturasining Ozodlik savollariga yozma javob yo‘llashi kutilmoqda¸ bu javoblar olinishi bilan jamoatchilikka e’lon qilinadi – tahr.)

ING amalga oshirgan shubhali pul o‘tkazish¸ AQSh prokuraturasining VimpelCom shirkatining O‘zbekistondagi faoliyatiga oid tergovi davomida nazarga tushgan va bu amaliët 2016 yil fevralida mazkur ishni ko‘rib chiqishni boshlagan Nyu York sudi hujjatlari orqali jamoatchilikka oshkor etilgan.

Shundan so‘ng Hollandiya prokuraturasi ING bankining bu oldi-berdidagi aloqasini taftish qilish uchun o‘z maxsus tergovini boshlagan.

AQSh mahkamasi hujjatlarida qayd etilishicha¸ marhum prezidentga aloqador shaxs (Gulnora Karimova – tahr.) ning turli qobiq (shell) shirkatlariga o‘tkazilgan jami pora miqdori 800 millionni tashkil etgan.

Aksiyalari AQSh qimmatbaho qog‘ozlar bozorida sotuvga qo‘yiladigan VimpelCom shirkati O‘zbekistondagi korrupsiya janjali bilan bog‘liq ishda Adliya vazirligi bilan sudgacha kelishuvga erishdi va 2016 yil fevralida bu janjalni bosdi-bosdi qilish uchun 795 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Ayni paytda¸ AQSh mahkamasi qarori oldidan O‘zbekistondagi pul yuvishga aloqador deb shubha qilinayotgan bir milliard dollarga yaqin pul muzlatib qo‘yilgan. Bu pullarning Yevropa telekom shirkatlari tomonidan Gulnora Karimovaga aloqador shaxslar va ularning offshor shirkatlari hisobiga o‘tkazilgani aytilmoqda.

Hozircha AQSh va O‘zbekiston Adliya vazirliklari o‘rtasida bu masalada olib borilgan muzokaralarning qanday yakun topganiga oid ma’lumot jamoatchilikka e’lon qilinmadi.

ING korporatsiyasi matbuot kotibi Raymond Vermeulen matbuotga tergov jarayoni borayotganini tasdiqladi¸ biroq bu borada biror izoh berishdan bosh tortdi. Bank vakili shuningdek¸ ING AQSh tergovi bilan ham hamkorlik qilayotganini bildirdi.

Bank so‘nggi yillik hisobotida¸ "ING Hollandiya huquq tizimlarining yangi mijozlarni qabul qilish¸ pul yuvish va korrupsiyaga oid turli so‘rovlari bilan bog‘liq jinoiy tekshiruv ob’ektidir”¸ deyiladi.

Hollandiya milliy rangi sanalgan – zarg‘aldoq rangli sher logotipi bilan dunëning aksar mamlakatlarida tanilgan ING korporatsiyasining O‘zbekistondagi pora va pul yuvishga aloqadorligi oshkor bo‘lishi ortidan¸ korporatsiya aksiyalari chorshanba kuni 5.7 foizga tushib ketdi.

Tahlilchilar¸ bu tergovlarning bank uchun katta jarima bilan tugash ehtimoli bozorda asabiylik uyg‘otganini aytmoqda.

AQSh Adliya vazirligi tomonidan Kuba¸ Eron va yana boshqa davlatlarga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga rioya qilinmaganlikda ayblangan ING korporatsiyasi 2012 yilda 619 million dollar jarimaga tortilgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG