Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:06

London politsiyasi: 22 martdagi hujum islomchi terrorchilar bilan bog‘liq


22 mart kuni Britaniya parlamenti oldida sodir etilgan terror hujumida kamida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.
22 mart kuni Britaniya parlamenti oldida sodir etilgan terror hujumida kamida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

London politsiyasi Britaniya parlamenti oldida amalga oshirilgan hujumni islomchi terrorizm bilan bog‘lamoqda. Bu haqda Skotlend-Yardning aksilterror bo‘limi boshlig‘i Mark Rouli bayonot berdi.

Uning aytishicha, politsiya hujumni amalga oshirganning shaxsini aniqlagan, lekin uning ism-familiyasi ochiqlanmadi.

Payshanbaga o‘tar kechasi Britaniya politsiyasi Birmingem shahridagi kvartiralardan birida tungi reyd uyushtirgan, amaliyot bir necha soat davom etgan va 7 kishi qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot organlari bu reydning Londndagi terakt bilan bog‘liqligini inkor etgan, lekin oldinroq mahalliy matbuotda noma’lum shaxs hujum qilish uchun foydalangan mashina Birmingemda ijaraga olingani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Oldinroq London politsiyasi 22 mart kuni Britaniya parlamenti oldida sodir etilgan terror hujumida kamida 5 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatdi. Kecha 4 odam halok bo‘lgani va 20 odam jabrlangani xabar qilingan edi.

London politsiyasi rahbari yordamchisi Mark Rouli 22 mart kuni:

- Hozircha biz hujum faqat bir shaxs tomonidan uyushtirilgan, degan ishonchdamiz. Jamoatchilik biz xavfsizlik choralarini qo‘llab voqea bo‘lgan erga yaqin hududlarni qurshab olganimizni to‘g‘ri tushunadi deb o‘ylaymiz, -deb aytdi.

Hujum Vestminster ko‘prigida yuk avtomashinasi yuqori tezlikda kelib, odamlarni urib ketishi bilan boshlandi. London vaqti bilan 14:40da sodir etilgan bu harakat natijasida kamida 2 kishi halok bo‘lgan.

Politsiya o‘tkazgan dastlabki tekshiruv natijalariga qaraganda, shundan so‘ng hujumchi mashinadan tushib, parlament binosi oldiga yaqinlashgan va politsiyachini pichoqlab o‘ldirgan.

Hujumchiga boshqa politsiyachi o‘q uzib, yaralagan. Hujumchi kasalxonaga olib ketilayotgan paytda o‘lgan.

Vestminster ko‘prigida jabrlanganlar orasida 15-16 yoshdagi uch nafar fransiyalik o‘quvchi va Ruminiyaning 2 nafar vatandoshi bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG