Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:23

Samarqandda 17 vrach jinoiy abort qilish aybi bilan ushlanib, tergovga tortildi


Samarqand shahrida homilani jinoiy tushirish va tushirilgan homilalarni tug‘ruqxona krematoriyasida iznsiz ëqish holatlari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Samarqand viloyat prokuraturasidagi ismi sir qolishini istagan tergovchining aytishicha¸ mazkur ish doirasida Samarqand shahrining Qoshg‘ariy ko‘chasida joylashgan 2- tug‘ruqxona majmuasining 17 vrachi 24 soatdan 4 sutkagacha hibsda saqlanib, so‘roq qilingan.

Tergovchiga ko‘ra¸ shu kunlarda 2- tug‘ruqxonanaing 1 vrachi va yana 1 hususiy klinika vrachi hibsda qolmoqda.

“Vrachlar ishi”

Samarqandliklarni sarosimaga solgan “vrachlar ishi” bo‘yicha Ozodlik qo‘lga olingan vrachlarning yaqinlari¸ viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimi va huquq-tartibot organlari xodimlari bilan suhbatlashdi. Bu suhbatlardan aën bo‘lishicha¸ organ xodimlari Samarqandda uzoq yillardan beri noqonuniy homila tushirish (abort qilish) bilan shug‘ullanuvchi vrachlarning iziga tushgan.

Tergovchiga ko‘ra, ular jinoiy abort amaliëtini xususiy klinika va oddiy xonadonlarda amalga oshirgan.

"O‘zbekistonda abort qilish faqat davlatga oid kasalxonalarda amalga oshiriladi¸ hususiy klinikalarning bunga haqi yo‘q", deya ma’lum qildi Ozodlik bilan suhbatlashgan prokuratura tergovchisi.

Gagarin ko‘chasidagi voqea

Samarqand viloyat prokuraturasi tergovchisining aytishicha¸ 14 mart kuni Samarqand shahar Gagarin ko‘chasidagi uyda¸ hususiy klinika (klinika manzili Ozodlikda mavjud) rahbari 45 yashar N.S. va 2- tug‘ruqxona akusher-ginekolog vrachi 43 yashar D.N. (ismlari taxririyatda mavjud) pul evaziga bir ayolning 6 oylik homilasini tushirgan, ya’ni jinoiy abort qilgan:

- Tergov hujjatlarida bu ikki ayol Gagarin ko‘chasidagi uyda samarqandlik ayoldan abort qilingan homilani 2- tug‘ruqxona majmuidagi kremotoriyga olib borib yoqishga uringani qayd qilingan. Chala kuygan homila surati deloda mavjud. Bu ikki vrachga nisbatan noqonuniy tibbiy amaliyot o‘tkazish¸ hujjatlarni sohtalashtirish va Jinoyat kodeksining 114-moddasi "Jinoiy ravishda homila tushirish" ya’ni abort qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu ikki vrach hibsda. 2- roddomning qo‘lga olingan 15 nafar vrachlari esa shaharni tark etmaslik sharti bilan so‘roq qilinib qo‘yib yuborildi¸ deydi tergovchi.

Unga ko‘ra¸ Samarqanddagi 2- tug‘ruqxonada jinoiy abort bilan shug‘ullanadigan guruh faoliyati ustidan viloyat huquq-tartibot organlari tergov olib bormoqda:

- Bu guruh davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirish bilan muntazam shug‘ullanib kelganlikda gumonlanmoqda. 2- roddom krematoriyasi muhrlandi. U yerda ekspertiza ishlari olib borilmoqda, dedi suhbatdosh.

Kreamatoriya bu binoda joylashgan
Kreamatoriya bu binoda joylashgan

Krematoriya mashmashasi

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining ismi sir qolishini istagan mulozimining Ozodlikka aytishicha, 2- tug‘ruqxonadagi 17 vrachning 15 nafari homila va odamning amputatsiya qilingan a’zolarini yoqish protseduralari bo‘yicha tilxat-tushuntirish yozib berishgan.

- Bular so‘roq qilinib, shahardan chiqmaslik borasida tilxatga qo‘l qo‘ydirilganidan keyin ishga qaytishdi. Faqat 2- tug‘ruqxona majmuasi vrachi hibsda qolmoqda. Homilani yoqish paytida barcha hujjatlar rasmiylashtirilmagan. Xomilasi yoqilgan ayollarga bildirgi berilmagan. Boshqa tafsilotlar sudda aniq bo‘ladi, dedi mulozim.

Samarqandda vrachlar qo‘lga olinganidan ikki hafta oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston tug‘ruqxonalaridagi abgor vaziyat hamda ta’magirlik holatlarini tanqid qilgan edi.

XS
SM
MD
LG