Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:00

Navalniy tarafdorlari Rossiya bo‘ylab namoyishga chiqdi (video)


Vladivostokdagi aksiya
Vladivostokdagi aksiya

Rossiyaning bir necha yirik shahri, jumladan, Moskvada muxolifat faoli Aleksey Navalniy va’da qilgan korrupsiyaga qarshi aksiyalar boshlandi. Moskvaning Tver maydonidagi korruptsiyaga qarshi "ko‘cha sayri"da qatnashayotgan Navalniy va boshqa shaharlardagi o‘nlab aktsiya ishtirokchisini politsiya qo‘lga oldi. Ammo, faollar namoyishni to‘xtatmasligini aytmoqda.

Navalniy chorlagan korruptsiyaga qarshi namoyishlar 26 mart kuni, dastlab, Rossiyaning Uzoq Sharq va Sibir o‘lkalarida boshlandi.

Pskovdagi miting
Pskovdagi miting

Mahalliy rus matbuoti bergan xabarga ko‘ra, Vladivostokda kamida 30 kishi hibsga olingan. Ruxsat berilmagan namoyishga kamida ming kishi kelgani xabar qilinmoqda.

Yujno-Saxalinskda namoyish chog‘ida 5 kishi, namoyishlardan so‘ng esa 9 kishining hibsga olingani xabar qilindi.

Ba’zi shaharlarda namoyishchilar politsiya va boshqaruv hokimiyati vakillariga, yakshanba kunida shunchaki ko‘cha sayriga chiqqani va hamyurtlari bilan korrupsiyaga qarshi kurash mavzuida suhbatlashib yurganini aytmoqdalar.

Jumladan, Irkutskda namoyishchilar o‘z hamyurtlariga aholi orasida qashshoqlik ortayotganidan xavotirlarini bildirmoqda:

Xususan, Aleksey Navalniyning o‘zi Moskvaning Tver xiyoboni bo‘ylab, tushda ko‘cha yurishi boshladi. Biroz so‘ngra, politsiya xodimlari Navalniy hamda uning bir necha sherigini ushlab, xiyobondan olib ketdi.

26 mart kuni Moskvada va Navalniy tarafdorlari namoyishga chiqqan boshqa yirik shaharlarda politsiya kuzatuvi kuchaytirildi, shahar markazlaridagi xiyobonlar va markaziy ko‘chalar politsiya tomonidan qurshab olindi.

2 mart kuni Navalniy Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev xayriya jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlar vositasida mamlakatdagi boylar hamda davlat banklari xayriya pullarini yig‘ib olib, qimmatbaho aktivlarni sotib olishga sarflamoqda, mazmunida hisobot e’lon qilgan.

Novosibirksdagi miting
Novosibirksdagi miting

2011 - 2012 yillarda Rossiyada katta namoyishlarni uyushtirgan Navalniy prezident Vladimir Putinga yaqin shaxslar darajasidagi korruptsiyani fosh qilish va unga barham berish uchun Moskva ko‘chalariga 15 ming odamni olib chiqishini aytgan.

Navalniy prezident Putinning asosiy tanqidchilaridan biri va korrupsiyaga qarshi kurashib kelayotgan taniqli muxolifat faolidir.

U o‘tgan yil dekabr oyida 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini bildirgan. Ammo hukumat unga qarshi ilgari surilgan moliyaviy jinoyatga oid da’volar o‘z kuchida qoldirilsa, unga ruxsat bermasligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG