Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:23

Ertaga O‘zbekiston-Qatar o‘yini. Stadion kassalari oldi bo‘m-bo‘sh...


"Bunyodkor" stadioni kassalari oldida bu gal chipta olishga navbatda turganlar kuzatilmadi. 2017 yil, 27 martda olingan surat.
"Bunyodkor" stadioni kassalari oldida bu gal chipta olishga navbatda turganlar kuzatilmadi. 2017 yil, 27 martda olingan surat.

28 mart kuni Toshkentda o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston-Qatar o‘yini oldidan “Bunyodkor” stadioni kassalarining oldi bo‘m-bo‘sh.

Bu haqda Ozodlikning poytaxtdagi mobil muxbiri xabar qildi.

Uning xabar berishicha, avvalgi o‘yinlardan avval stadion kassalari oldida kuzatilgan ur-yiqitdan darak ham yo‘q.

“Chiptaxonalar oldidagi bu sokinlikka terma jamoamizning Suriyaga yutqazgani sabab. Chunki muxlislar o‘yini yo‘q termaning bekorga yugurishini ko‘rishga pullarini va vaqtlarini sarflagilari yo‘q bo‘lsa kerak”, - deydi ertangi futbol uchrashuviga kassadan bilet olayotgan muxlis.

Uning fikricha, O‘zbekistondagi futbol mutasaddilari odamlarni millionlar o‘yinidan va terma jamoadan bezdirishning yaxshi yo‘lini – musobaqalarda nomiga qatnashib, yutqazishni o‘ylab topishgan.

“O‘zbekdek futbolsevar xalqni futboldan bezdirishning uddasidan chiqishyapti. Qoyil lekin!” – deya qo‘shimcha qildiO‘zbekiston-Qatar uchrashuviga chipta sotib olgan muxlis.

Kassalar oldida bu gal ur-yiqit kuzatilmayotgani chiptalarning qimmatligi bilan ham izohlanishi mumkin: avvallari 15 ming so‘mdan sotib kelingan chiptalar bu safar 25 ming so‘mdan sotilmoqda.

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Osiyo mintaqasining “A” guruhida kurash olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Malayziyada (neytral maydonda) Suriya termasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergach, ushbu mag‘lubiyat futbol ishqibozlarining noroziliklariga sabab bo‘lgan edi.

28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston-Qatar o‘yinidan oldin mezbonlar terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinni, mehmonlar esa 4 ochko bilan oxirgi, beshinchi, o‘rinni egallab turishibdi.

“A” guruhining birinchi va ikkinchi o‘rinlarida 14 ochko bilan Eron va 10 ochko bilan Janubiy Koreya termalari borishmoqda. Olti jamoadan iborat ushbu guruhda to‘rtinchi o‘rinni 8 ochko ilan Suriya termasi, beshinchi o‘rinni esa besh ochko bilan Xitoy termasi egallab turibdi.

28 mart kuni ushbu guruhda O‘zbekiston-Qatar o‘yinidan tashqari, Eron-Xitoy va Janubiy Koreya-Suriya uchrashuvlari ham o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG