Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:29

Krasnodarda Ozodlikning rus xizmati muxbirlari hujumga uchradi


Ozodlik Radiosi muxbirlariga Krasnodarda hujum qilindi
Ozodlik Radiosi muxbirlariga Krasnodarda hujum qilindi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida Ozodlik Evropa/Ozodlik radiosi rus xizmati -Svoboda muxbirlari Sergey Xazov-Kassia va Andrey Kostyanovlar kaltaklab ketildi.

Hodisa o‘lkaning Kropotkin shahrida fermerlar norozilik marshi to‘g‘risida reportaji olinayotgan paytda sodir bo‘ldi. Qovurg‘asi singan operator Andrey Kostyanov shifoxonada qolmoqda.

Krasnodar o‘lka Ichki ishlar boshqarmasi “politsiya voqea bo‘yicha barcha zaruriy amaliyotlarni olib borayotgani”ni bildirmoqda.

28 mart kuni Kropotkin shahriga mahalliy fermerlar norozilik namoyishini yoritgani kelgan Svoboda jurnalisti Sergey Xazov-Kassia va Andrey Kostyanov niqob taqqan noma’lum kimsalar tomonidan kaltaklab ketildi.

Politsiya tomonidan shaxsi hozircha aniqlanmagan ko‘rinishidan yosh bo‘lgan kimsalar jurnalistlarga mehmonxona oldida hujum qilib, ular yuziga ballonli gaz purkab, tasvirga oladigan barcha videoapparatura, kompyuter va qo‘l telefonlarini o‘marib ketgan. Shundan so‘ng niqob taqqan hujumchilar avtobusda qochib ketishga ulgurgan.

Xazov-Kassia va Kostyanov turgan mehmonxonaga hujumchilardan oldinroq politsiya xodimlari kelib ketgani, ular “jurnalistlar o‘z xonasidami, yo‘qmi” deya aniqlashtirib ketgani aytildi.

Sergey Xazov-Kassia voqea tafsilotlariga oydinlik kiritdi:

- Biz bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Traktor marshiga kelgan edik. Ammo u o‘tkazilmadi, chunki barcha ishtirkochilar hibsga olindi. Ertalabdan biz mehmonxonadan chiqqanimizda yonimizga chaqirtirilgan taksi keldi. Shu payt oldimizga 10-15 kishi bo‘lgan maskalilar kelib, bizni do‘pposlab ketdi. Ular meni va operatorimiz Andrey Kostanovni yerga yotqizib, kaltakladi, mendan ryukzagimni yechib olishdi, kompyuter va hujjatlarimni olib ketishdi. Andreyning ham ryukzagi kamerasini taksi bagajnigidan olib, avtobusga minib ketishdi. Men avtobusni suratga olishga ulgurdim, dedi jurnalist.

Sergey Xazov-Kassia hujum qilganlarni uning cho‘ntagidagi pul qiziqtirmaganini aytadi. U mehmonxonaga politsiya xodimlari kelganidan 40 daqiqalar o‘tib niqoblilar hujum qilganini esladi.

- Biz bu mashina nomerini politsiyaga xabar qildik. Uni istagan GAI postida ushlash mumkin, ammo hozirgacha biror xabar yo‘q. Politsiya biror ortiqcha xabar bera olmasligini aytmoqda, dedi Sergey.

Hujumchilar kelgan mikroavtobus
Hujumchilar kelgan mikroavtobus

Uning so‘zlariga ko‘ra, operator Andrey Kostyanov singan qovurg‘a bilan shifoxonaga yotqizildi¸ uning o‘ziga jiddiy jarohat yetkazilmagan.

Hodisa joyiga kelgan politsiya xodimlari yaqin-atrofda mavjud barcha videokameralarda yozuv saqlanmasdan qolganini bildirgan.

Krasnodar o‘lka Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xodimi “mazkur hodisa yuzasidan zaruriy barcha operativ amaliyotlar olib borilayotgani”, hodisa joyida tergovchilar ishlayotganini bildirdi.

Politsiya bo‘limida Sergey Xazova-Kassianing Svobodada ishlashini eshitib, tergovchi politsiyachining “yordam berish istagi yo‘qolib qolgani” kuzatilgan.

Birozdan keyin noma’lum kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan ryukzak, shtativ-kameralar va boshqa buyumlarning bir qismi o‘z-o‘zidan muxbirlar turgan mehmonxonada paydo bo‘lib qolgan:

- Biz kecha kuni bilan fermerlar bilan birga stanitsama-stanitsa yurdik, ko‘zga tashlanib qoldik. Biz bu yerga nima uchun kelganimiz ham tushunarli edi. Kecha, bugun bizni politsiya xodimlari tekshirgan edi. Bu hujum fermerlar norozilik marshini tasvirga olmasligimiz uchun qilinganiga aminmiz. Kiyimlarimiz ham “bu erdan yo‘qolinglar!” deyish uchun qaytarib berildi, dedi Sergey Xazova-Kassia.

Mehmonxonaga tashlab ketilgan videoapparatura

Svoboda rahbariyati jurnalistlarga qilingan bu hujumni ularning professional faoliyati bilan bog‘ladi.

Ayni paytda, Krasnodar o‘lkasida ikkinchi marotaba fermerlar tomonidan uyushtirilayotgan Traktor marshi politsiya va maxfiy xizmat xodimlari tomonidan bostirildi.

Fermerlar hukumatdagi korruptsiya va erlarning noqonuniy egallab olinishiga qarshi chiqmoqda. Birinchi Traktor marshi 2016 yilning avgustida o‘tkazilgan edi. O‘shanda Krasnodar o‘lkasidan traktorlarda Moskvaga yo‘lga chiqqan bir guruh dehqonlar Putin oldiga borib, o‘z muammolari borasida arz qilishni maqsad qilib qo‘ygan edi.

XS
SM
MD
LG