Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:15

O‘zbekistondagi bozorlarda quriladigan gipermarketlarda dehqonga joy topiladimi?


Guliston shahridagi dehqon bozori ma’muriyati savdogarlarni shahar chetida qurilgan yangi bozorga ko‘chirish uchun 6 yanvar kuni darvozalarni ochmagan edi.
Guliston shahridagi dehqon bozori ma’muriyati savdogarlarni shahar chetida qurilgan yangi bozorga ko‘chirish uchun 6 yanvar kuni darvozalarni ochmagan edi.

Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ilova qilingan sharhda aytilishicha, 2017-2019 yillarda mamlakatdagi dehqon bozorlari hududida 9 ta 3 qavatli gipermarket, 28 ta 2 qavatli supermarket, 126 ta 1 qavatli supermarket va 79 ta minimarket quriladi.

Bulardan tashqari bozorlar hududida engil konstruktsiyali, vaqtinchalik yig‘ma pavilyonlardan iborat zamonaviy savdo majmualari qurish ham nazarda tutilgan.

Prezident qaroriga qayta quriladigan bozorlar ro‘yxati ilova qilinmagan. Ozodlik bu masalani Jizzax viloyati misolida o‘rganishga urinib ko‘rdi.

Mulozimning aytganlari

Viloyat hokimligining ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlik bilan gaplashgan mulozimining aytishicha, Prezident qaroriga binoan viloyatning Do‘stlik, Paxtakor va G‘allaorol tumanlaridagi dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi. Ya’ni bu tumanlar markazlaridagi bozorlar ikkiga: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va kiyim-kechak hamda boshqa tovarlar bozorlariga ajratiladi.

Mulozim Prezident qarori ijrosi qay tartibda bo‘lishi to‘g‘risida gapirarkan, bunday dedi:

- Menimcha, yangi talablar asosida har bir bozorning loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Loyiha Respublika davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasi bilan kelishiladi. Balki loyiha Prezidentning o‘ziga ham ko‘rsatilar... Shundan keyin ish boshlanadi.

Ozodlik: Gaplaringizdan qaror ijrosi qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi aniq tasavvuringiz yo‘qqa o‘xshaydi?

- Tasavvurimiz bor. Loyiha-smetani ishlab chiqish kerak. Pulini aniqlashimiz kerak. Bozorning old ko‘rinishini yuqori vazirliklar bilan kelishishimiz kerak. Gipermarket quramizmi, supermarket quramizmi – bularga aniqlik kiritilganidan keyin moliyaviy manba aniqlanadi va ishni boshlaymiz.

Ozodlik: Bozor hududida gipermarket yoki supermarket quriladigan bo‘lsa, oddiy dehqon ikki qop kartoshkasini o‘zi sotishi uchun sharoit bo‘ladimi?

- Ha, bozorda shunday sharoit saqlanib qoladi. Bu nazarda tutilyapti. Alohida mahsulot yetkazuvchi uchun sharoit bo‘ladi. Ular uchun alohida joy bo‘ladi. Ular kunlik joy pulini – 2 soat uchunmi, yarim kun uchunmi – to‘laydi. Ertasi kuni uning o‘rnini boshqa odam egallayveradi.

Mutaxassis fikri

Farg‘onadagi Markaziy unversal magazinning hozirda sobiq egasi Hamidillo Topvoldiev Prezident qaroriga o‘z munosabatini bildirar ekan, bozorlar hududida giper yoki supermarketlar qurilishini to‘g‘ri qadam, deb baholadi.

- Bu sistemani men Belorussiyada ko‘rganman. Agar men biladigan narsa nazarda tutilayotgan bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi, dedi Hamidillo Topvoldiev.

Uning fikricha, agar bozorlarda supermarketlar qurishdan maqsad qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotishni Yevropacha andozalarga o‘tkazish bo‘lsa, bundan mahsulot yetishtiruvchi ham, xaridor ham yutadi.

Hamidillo Topvoldiev.hukumatning bir necha o‘n giper, super va minimarketlar qurish rejasiga ham optimizm bilan yondoshdi.

Фарғоналик тадбиркор Ҳамидилло Топволдиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:45 0:00
Бевосита линк

Savdogarga qiyin bo‘ladigan bo‘ldi

Farg‘onalik tadbirkorning optimizmiga qayta qurilishi kutilayotgan bozorlarda mehnat qilayotgan savdogarlar sherik bo‘lmasligi aniq. Bozorlarni qayta qurish, ularni aholi o‘rganib qolgan joyidan tashqariga ko‘chirish ishlari bir necha yildan buyon O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida keyingi yillarda kuzatilmoqda.

Ozodlikning quyidagi sarlavhalari keltirilayotgan 3 materialida mamlakatning 3 ta shahrida keyingi 2 yil ichida bozorlarni qayta qurish bilan bog‘liq mojarolar aks etgan:

"Guliston hokimi bozorchilarni yangi joyga majburan ko‘chirish uchun bozor darvozalarini yopti"

"Yangilangan Oloy bozorida rastalar sotilayotganidan shikoyat bo‘ldi"

"Andijon "Eski shahar" bozori buzilishi ortidan savdogarlar banklarga qarzini to‘lolmayapti"

Buyum bozorlaridagi ahvol qanday?

Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qaror dehqon bozorlarini qayta qurish to‘g‘risidadir.

Dehqon bozorlaridan tashqari buyum bozorlari ham bor. Ozodlik Toshkentdagi Ahmad Donish va Chorsu buyum bozorlari rahbariyati vakillari bilan, Samarqanddagi Yangi bozorda ishlovchi savdogar ayol bilan hamda Farg‘onadagi buyum bozorda ishlaydigan savdogar bilan gaplashdi.

Dastlabki 3 suhbatdoshimizning aytishicha, ularning bozorlarini rekonstruksiya qilishga hech qanday hojat yo‘q. Bu bozorlarda savdo barcha talablar darajasida tashkil qilingan. Faqat farg‘onalik savdogarning aytishicha, u ishlayotgan bozor “pala-partishroq, uning o‘rniga gipermarketmi, supermarketmi qurishsa yaxshi bo‘lar edi”.

XS
SM
MD
LG