Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan pensioner Safar ota, mahalliy hokimiyat naqd pulda berilayotgan pensiyalarni yana plastik kartochkaga o‘tkazishga majburlayotganidan shikoyat qildi.
Safar otaning aytishicha, tuman hokimining buyrug‘i bilan ovul fuqarolar yig‘ini oqsoqol va kotibi uyma-uy yurib, qariyalarni pensiyalarini plastik kartochkaga o‘tkazishga majburlamoqda.