Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:27

Farg‘onada bir kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi


Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 30 mart kuni ertalab yangi tug‘ilgan chaqaloq Fayz qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi eski tug‘ruqxonaning oldiga tashlab ketildi.

Bu xabarni tasdiqlagan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimiga ko‘ra, chaqaloqning hozirgi ahvoli qoniqarli:

"Ertalab tongda odamlar eski tug‘ruqxona oldida lattaga o‘ralgan chaqaloqni topib olishgan va zudlik bilan militsiya hamda "tez yordam"ga xabar qilingan. Tez yordam chaqaloqni tuman markaziy kasalxonasining bolalar bo‘limiga zudlik bilan olib kelgan. Shifokorlarning aytishlaricha, bir yoki ikki kunlik yangi tug‘ilgan qizbola ekan. Hozir uning salomatligi uchun xavf yo‘q, vrachlar nazorat qilib turibdi", dedi mulozim.

Uning aytishicha, Qo‘shtepa tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari chaqaloqning onasini qidirib topish tadbirini olib boryapti.

O‘zbekistonda og‘ir iqtisodiy sharoitlarda qolib yoki jamoatchilik qahridan qo‘rqib tuqqan bolasini o‘z onalari tomonidan tashlab ketish yoki o‘ldirish holatlari ko‘p kuzatiladi.

O‘tgan yilning iyul oyida Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashaydigan 26 yashar ayol shar’iy nikohdagi eri o‘z bolasini tan olmagani va aliment to‘lashdan bosh tortgani uchun 11 oylik o‘g‘lini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab, cho‘ktirgan edi.

2 fevral kuni esa, Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Tibbiyot birlashmasi Ginekologiya bo‘limining hojatxonasidan chaqaloq murdasi topilgan edi.

O‘tgan yilning oktabr oyida esa andijonliklar orasida “Koreyskiy sad” nomi bilan tanilgan mikrorayondagi mashhur sauna oldiga qo‘yilgan axlat qutisidan tug‘ilishi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan chaqaloq murdasi topilgan edi.

XS
SM
MD
LG