Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:47

Mirziyoev Moskvaga Nukusdagi muzeydan 250 ta asar olib borib ko‘rsatdi


Moskvadagi A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyida Nukusdan keltirilgan 250 dona noyob tasviriy san’at asarlari, tarixiy, etnografik va arxeologik topilmalar ko‘rgazmaga qo‘yildi. Igor Savitskiy tomonidan uzoq yillar davomida yig‘ilgan bunday yirik san’at asarlari to‘plami Rossiyada ilk marotaba namoyish etilmoqda.

6 apreldan Rossiyada eng yirik A.S.Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyida butun jahonga tanilgan “Savitskiy kolleksiyasi” durdonalari namoyish etilmoqda.

I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat tasviriy san’at muzeyidan keltirilgan 250 asar ichida tasviriy, dekorativ-amaliy vaarxeologik-etnografik buyumlar va rasmlar joy oldi.

Prezidentlar Mirziyoev va Putin Moskvada 5 aprel kuni Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida “Nukus xazinasi” ko‘rgazmasining ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Pushkin davlat muzeyi direktori Marina Loshak ko‘rgazmani “o‘ziga xos betakror san’at”, deb atadi.

Савицкий кўргазмаси Москвада намойиш этилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:25 0:00

Savitskiy muzeyining Nukusdagi Bosh nigohboni Valentina Sichyova muzeyning bunday ajoyib tasviriy san’at asarlari oxirgi yillarda butun dunyoda san’atshunoslar va muzeyshunoslar, kollektsionerlar va rassomlar qiziqishini o‘ziga tortayotganini Ozodlik bilan suhbatda ta’kidladi.

- Mustaqillik davridan buyon haqiqatan bunday ajoyib muzeyda ochilgan birinchi yirik ko‘rgazmamiz. Ko‘rgazmada 250 ziyod asar namoyish etilmoqda. Biz bu erda ularni namoyish qilayotganimizdan juda mamnunmiz. Menga shaxsan tanish bo‘lgan rahmatli Igor Vitalyevich Savitskiy ruhi bunday ko‘rgazma uning ona yurtida ochilganidan juda qo‘vonadi, deb o‘ylayman, dedi Valentina Sichyova.

Nukus muzeyi butun dunyoga “Markaziy Osiyo xazinasi” yoki “cho‘ldagi Luvr” nomlari bilan mashhur bo‘lib, moskvalik rassom, kolleksiya yig‘uvchi, san’atshunos olim, arxeolog, restavrator va etnograf Igor Savitskiy tomonidan asos solingan.

Rossiyaning markaziy muzeyida Igor Savitskiy jamlanmasining eng noyob durdonalari – 1920-30 yillardagi, 60 yillardagi “Turkiston avangardi” rassomlari, “Bubnoviy valet” uyushmasi rassomlari va boshqa sovet va o‘zbek grafiklari asarlari namoyish etilmoqda. Turkiston avangardchilari Aleksandr Volkov, O‘rol Tansiqboev, Nikolay Qoraxon, Usto Mo‘min (Aleksandr Nikolaev), Viktor Ufimsev va boshqa yo‘nalish vakillari asarlari rassomchilik shaydolarini befarq qoldirmaydi.

Ko‘rgazma qatnashchilari o‘z ko‘zlari bilan “o‘zbek Gogeni” va “o‘zbek koloristlari boshlig‘i” O‘rol Tansiqboev, “Sharq Diego Riverasi” Aleksandr Volkov, “Bubnoviy valet”uyushmasi asoschisi Robert Falk, “Sharq shaydosi” va “Samarqand kuychisi” Usto Mo‘min-Nikolaev va boshqa ko‘plab artistlar asarlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Jumladan, ko‘rgazma ochilishiga kelgan ko‘plab muxlislar Nukus davlat muzeyi raziga aylangan va O‘zbekistonni birinchi marotaba tark etgan V.Lisenkoning “Ho‘kiz” asarini ko‘rishga muyassar bo‘ldi.

Ekspozitsiyaga kelganlar o‘zlarining ilk tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdi. “Marjoniy” Jamg‘armasi prezidenti, Igor Savitskiy haqida hujjatli filmga prodyuserlik qilgan asli toshkentlik Rustam Sulaymonov Moskvaga Savitskiy kolleksiyasining kelishini “bayram”, deb atadi.

- Moskvaliklar anchadan buyon bu ko‘rgazmani Moskvaga olib kelishga ko‘p marotaba uringan. Nihoyat uni oli keldik – ikki davlat hukumatlari, muzey ishchilariga shaxsiy minnatdorchiligimni bildiraman. Biz uchun bu bayram! Haqiqiy bayram! Hammamiz buyuk insonga, kolleksiya yig‘uvchisi va muzey tashkilotchisi Igor Savitskiyga minnatdorchiligimizni bildiramiz, dedi Rustam Sulaymonov.

“Igor Savitskiy ehtirosi” nomli ushbu film taniqli o‘zbek kinorejissyori Ali Hamroev tomonidan to‘rt yarim yil davomida suratga olgan.

OZOD-VIDEO: Москвада Савицкий ҳақидаги фильм тақдимоти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:26 0:00

O‘zini Shahnoza deb tanishtirgan yana bir ko‘rgazma muxlisasi gapiradi:

- Haqiqatan ham bu ko‘rgazma bebaho. Biz juda chiroyli suratlarni ko‘rdik. Igor Savitskiy qilgan ishiga tashakkur bildirmoqchimiz. Mamlakatimizda bunday noyob kolleksiya borligidan juda faxrlanamiz. Ammo, uni O‘zbekistonda yashagan vaqtimizda Nukusda borib ko‘rmaganimizdan endi afsusdamiz, dedi Shahnoza.

7 aprel kuni omma uchun ish boshlagan Pushkin davlat muzeyidagi Savitskiy kolleksiyasi ko‘rgazmasi shu yilning 10 mayigacha namoyish etiladi.

“O‘zbekiston” telekanali “Axborot” dasturining 2 sentabrdagi sonida Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyida mutaxassislar tekshiruv o‘tkazgani va muzeyda 581 million 625 ming so‘mlik 5 kartina yo‘qligi aniqlangani, buning ortidan O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati 28 avgust kuni jinoyat ishi ochgani xabar qilingandi.

Savitskiy 1966 yilning 5 fevralida Nukusda Qoraqalpog‘iston Davlat can’at muzeyiga asos solgan hamda uning birinchi rahbari etib tayinlangan edi.

O‘zbekistondagi UZINFOCOM markazi o‘tgan yili o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra¸ Igor Savitskiy nomidagi san’at muzeyi «O‘zbekistonning etti mo‘’jizasidan biri», deya e’tirof qilingan edi.

XS
SM
MD
LG